Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada migrantlarga taksichilik qilish taqiqlanmasligi aytildi
Ekspertning ta’kidlashicha, taqiqlash choralari samarasiz bo‘lishi mumkin.
Moskvada migrantlarning taksi sohasida ishlashlarini taqiqlash rejalashtirilmayapti. Bu haqda taksi xizmatini rivojlantirish jamoatchilik kengashi raisi Irina Zaripova ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, poytaxtda bu masalada butunlay boshqa yo‘ldan borilmoqda.
“Moskvada bunday taqiq joriy etilishini eshitmadim. Moskva butunlay boshqa yo‘ldan bormoqda. Bu yerda har bir haydovchi ro‘yxatdan o‘tadigan «ART» tizimi mavjud. Moskvada ularning mehnat va dam olish rejimi, transport qonunchiligiga rioya qilayotgani nazorat ostida”, — dedi Zaripova.
Uning ta’kidlashicha, taqiqlash choralari samarasiz bo‘lishi mumkin.
“Biz bunday taqiqlovchi choralarga hech tushunmaymiz. Har qanday taqiq – bu rivojlanish emas, taqiqlash degani. Sankt-Peterburg hukumati bunday qarorga kelgani afsuslanarli”, — dedi ekspert.
Avvalroq Peterburgda migrantlarga taksichilik va kurerlik bilan shug‘ullanish taqiqlangandi.
Mavzuga oid
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
09:20 / 04.07.2026
Moskva harbiy sudi Simonyanga suiqasd ishi bo‘yicha hukm chiqardi
08:51 / 19.06.2026
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026