Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ilk bor unikal yurak jarrohligi amalga oshirildi
Olti yoshli bolaning zararlangan uch tabaqali klapani olib tashlanib, o‘rniga yurakning o‘ng bo‘lmachasi quloqchasidan klapan yasab o‘rnatildi.
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Toshkent davlat tibbiyot universitetining bolalar ko‘p tarmoqli klinikasida yurtimiz tarixida ilk bor yangi turdagi operatsiya o‘tkazildi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Xabarga ko‘ra, bolalar kardiojarrohi Bobur Turayev 6 yoshli bolaning zararlangan uch tabaqali klapanini olib tashladi, o‘rniga esa yurakning o‘ng bo‘lmachasi quloqchasidan klapan yasab o‘rnatdi.
Qayd etilishicha, texnologik jihatdan murakkab hisoblangan ushbu jarrohlik amaliyoti O‘zbekistonda birinchi bor o‘tkazilishidan tashqari, rivojlangan tibbiyot markazlaridagina bajarilishi bilan ahamiyatlidir.
B. Turayev 2018 — 2019 yillarda “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati sifatida Buyuk Britaniyaning University College London universiteti magistratura bosqichida ta’lim olgan, 10 ga yaqin rivojlangan davlatlar klinikalarida malaka oshirgan va 20 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi sanaladi. U shu kungacha ming nafardan ortiq bemor bolalarda yurak operatsiyalarini muvaffaqiyatli bajargan.