O‘zbekiston | 07:53 / 14.08.2025
20152
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zmetkombinat»ga yangi rahbar tayinlandi

Tadbirkor Bahodir Abdullayev yangi lavozimda ish boshlaydi.

Foto: SSP

Bahodir Tojimirzayevich Abdullayev «O‘zmetkombinat» boshqaruvi raisi — bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.

U 20 dan ortiq korxonani birlashtirgan BA Holding ta’sischisi. 2022 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.

Bahodir Abdullayev 2024 yil oktabr oyida korxonaga rahbar bo‘lgan Dilshod Ahmedov o‘rnini egalladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов

Mavzuga oid