Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp va Putin uchrashuvi global bozorlarda jiddiy aks-sado bermadi
AQSh va Rossiya prezidentlarining juma kuni Alyaskada o‘tgan uchrashuvi jahon bozorlarida keskin siljishga olib kelmadi. Zelenskiy va Yevropa yetakchilari ishtirokida bugun Oq uyda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar yanada aniqroq signallar berishi kutilyapti, lekin umuman olganda, aksariyat investorlar urushning qisqa fursatda yakunlanishiga hamon ishonmayapti.
Bozor kayfiyati. Yevropa bozorlarida savdolar aralash yakunlandi. AQSh fond bozoridagi muddatli shartnomalar pasaydi. Osiyo indekslari esa ko‘proq ijobiy savdo ko‘rsatdi. Investorlar sulh ehtimolini inobatga olib, xavf omillarini qayta baholashmoqda. Bu ehtiyotkor kayfiyat qisqa muddatli tebranishlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Mudofaa sektori. Muzokaralardan qat’i nazar, Yevropa harbiy korxonalarining aksiyalari o‘sishda davom etdi. Rheinmetall 2,8 foiz, Hensoldt va Renk 4 foiz, Leonardo 2,1 foiz, BAE Systems 2,3 foiz, Babcock esa 3,4 foizga ko‘tarildi.
Oltin narxi ikki haftalik past darajadan ko‘tarildi. AQSh g‘aznachilik obligatsiyalari daromadi pasaygani va Trampning Zelenskiy hamda yevropalik yetakchilar bilan uchrashuvi oldidan investorlarning ehtiyotkorona harakati narxni qo‘llab-quvvatladi.
Spot gold 0,4 foizga oshib, unsiyasi $3,348.59 bo‘ldi. AQSh fyucherslari esa $3,394.90 darajaga ko‘tarildi. Narx dastlab pasaygan bo‘lsa-da, $3,330 atrofida xaridorlar kirib kelib, qiymatni tikladi.
AQSh 10 yillik obligatsiyalari daromadliligi ikki haftalik yuqori ko‘rsatkichlardan pasaydi. Bu oltin uchun ijobiy bo‘lib, yuqori daromadli obligatsiyalardan farqli ravishda foiz bermaydigan oltinga talabni oshirdi.
Mavzuga oid
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026