Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Banklar va ularning filiallarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash xizmati tashkil etiladi
Xizmat bankning axborot aktivlarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash, to‘lov ma’lumotlarining noqonuniy o‘zgarishi, bank yoki uning mijoziga zarar yetkazish holatlarini oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha mas’ul hisoblanadi.
“O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligiga doir minimal talablar to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nizomga ko‘ra, banklar va ularning filiallarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash maqsadida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash xizmati tashkil etiladi.
Xizmat bankning axborot aktivlarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash, to‘lov ma’lumotlarining noqonuniy o‘zgarishi, bank yoki uning mijoziga zarar yetkazish holatlarining oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha mas’ul hisoblanadi.
Bank axborot xavfsizligiga oid ichki siyosatni ishlab chiqishi va qabul qilishi lozim.
Bundan tashqari, banklar ma’lumotlar bazasi sozlanishlarida xatoliklarning oldini olishi va tajovuzkorning quyidagi harakatlarini cheklashlari kerak, jumladan:
ma’lumotlar bazasiga kirish;
administrator va foydalanuvchilar parollarini bilib olish;
ma’lumotlar bazasining tizim fayllariga kirish;
zararli dasturlar o‘rnatish;
ma’lumotlar bazasi va serverga masofadan hujum qilish.
Tarmoqlararo ekran qurilmalari va proksi-serverlarning elektron bayonnomalari xizmat tomonidan tahlil qilib boriladi va tashqi hujumlar aniqlanganda zudlik bilan Markaziy bankka xabar beriladi.
Mavzuga oid
17:48 / 20.05.2026
Bankda oltin quymasini qanday sotib olish mumkin?
20:41 / 08.05.2026
Bankdan 500 dollargacha naqd valutani pasporsiz olishga ruxsat beriladi
11:50 / 03.05.2026
Jyenevadagi pullar, hakerlar tahdidi va matbuot erkida pasayish - hafta dayjesti
18:54 / 10.04.2026