O‘zbekiston | 19:25 / 20.08.2025
1230
3 daqiqa o‘qiladi

AhadMix Group - yilning bosh voqeasi uchun texnik hamkor

Foto: AhadMix Group

AhadMix Group kompaniyasi Jyennifer Lopesning Toshkentdagi konsertida yoritish jihozlari va ekranlar provayderi bo‘ldi.

15 yildan beri yuqori darajadagi tadbirlarni texnik qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan va Toshkentda tashqi reklama sohasida yetakchi operatorlardan biri bo‘lgan AhadMix Group kompaniyasi "Bunyodkor" stadionida o‘tkazilgan Jyennifer Lopesning tarixiy konsertida texnik ta’minot bo‘yicha rasmiy provayderga aylanib, yuqori professionalligini yana bir bor tasdiqladi.

Ko‘p yillik faoliyati davomida AhadMix Group o‘zini keng ko‘lamli tadbirlar tashkilotchilari bo‘lgan O‘zbekistonning yetakchi brendlarining va xorijiy kompaniyalar vakolatxonalarining ishonchli hamkori sifatida namoyon qildi. Mijoz va hamkorlarning iliq fikr-mulohazalari – jamoaning uskunalarni joylashtirishni puxta rejalashtirishdan tortib, san’atkorning sahnaga chiqishidan oldin har bir kichik detalni tekshirishga qadar bo‘lgan yakdil va tinimsiz mehnati natijasidir.

Foto: AhadMix Group

Ikki soatdan ortiq vaqtga va 35,000 tomoshabinga mo‘ljallangan konsertga tayyorgarlik o‘ziga xos yondashuvni talab qildi. Sahna ortida AhadMix Group sakkiz kun davomida yorug‘lik texnikasi uchun metallkonstruksiyalarni taqdim etgan qozog‘istonlik hamkorlar yordamida metallkonstruksiyalarni montaj qildi.

Konsertda turli modifikatsiyali zamonaviy yorug‘lik asbob-uskunalaridan foydalanildi. Natija kutilgandan a’lo bo‘ldi – tomoshabinlar g‘aroyib yorug‘lik tomoshasi, dinamik sahna o‘zgarishlari, ideal sinxronlashuv bilan kechgan Jyennifer Lopesning videolavhalari va musiqasini munosib baholadi.

Konsertning ovoz ta’minoti AhadMix Group hamkori – Yastreb Sound kompaniyasi tomonidan taqdim etildi.

“O‘n yildan ortiq davr davomida har qanday murakkablikdagi loyihalarda ishlashimizdan va dunyo miqyosidagi tadbirlarga a’lo darajada xizmat ko‘rsatish uchun tayyorligimizni yana bir bor isbotlaganimizdan faxrlanamiz”, – deydi AhadMix Group bosh direktori Ahad Abdullayev.

Foto: AhadMix Group

Jyennifer Lopes konserti muvaffaqiyatli o‘tgani AhadMix Group rivojlanishi tarixida yana bir yorqin qadam bo‘ldi va Markaziy Osiyoda hamkorlik qilish uchun yangi istiqbollarni ochdi. Oldinda yangi va ulkan loyihalar kutmoqda va ular kompaniyaning event-texnologiyalar va shubhasiz tashqi reklama bozorida yetakchi kompaniya sifatidagi maqomini mustahkamlaydi.

Tadbirlarni texnik qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun (+998) 99−880−91−19 telefon raqami bo‘yicha murojaat qilish mumkin.

Instagram: @ahadmix_group

Facebook: fb.com/ahadmixgroup

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid