Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Biznes qilaman deganlar uchun Yangi Toshkent darvozalari hamisha ochiq - prezident
Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan bu galgi ochiq muloqot Yangi Toshkentda o‘tayotganida ramziy ma’no borligini aytdi. “Siz tadbirkorlar uchun Yangi Toshkent – yangi imkoniyatlar, yangi g‘oyalar va yangi bozorlar maydoniga, innovatsiyalar va investitsiyalar markaziga aylanadi”, dedi davlat rahbari.
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.
Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yildagi ilk ochiq muloqotdan buyon shu kungacha tadbirkorlarning mingga yaqin tashabbusi qonunchilikda o‘z aksini topgan. Buning natijalarini nafaqat tadbirkorlar, balki butun aholi o‘zining kundalik hayotida his qilmoqda.
Prezident bu galgi uchrashuv ulkan bunyodkorlik ishlari boshlangan Yangi Toshkentda o‘tayotganida ramziy ma’no borligini ta’kidladi.
“Ushbu megaloyiha – islohotlarimiz hayotda qanday aks etayotganining yaqqol isboti, yangilanish va taraqqiyot yo‘lidagi dadil qadamlarimizning yorqin timsoli bo‘ladi.
Siz tadbirkorlar uchun Yangi Toshkent – yangi imkoniyatlar, yangi g‘oyalar va yangi bozorlar maydoniga, innovatsiyalar va investitsiyalar markaziga aylanadi.
Bu yerdagi to‘liq “yashil” texnologiyalarga asoslangan eng zamonaviy infratuzilma sizlarning yangi-yangi g‘oya va tashabbuslaringiz uchun xizmat qiladi.
Shuni bilingki, Yangi Toshkent darvozalari biznes qilaman degan barcha tadbirkorlar uchun hamisha ochiq bo‘ladi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Bugungi ochiq muloqotga tayyorgarlik davomida 26 ta sohaning 7 mingga yaqin vakillari bilan alohida-alohida uchrashuvlar o‘tkazildi. “Koll-markaz” orqali ham 13 mingdan ziyod murojaat va tashabbuslar kelib tushdi.
Hozirgi murakkab sharoitda har bir kun muhimligini inobatga olib, ochiq muloqotni kutib o‘tirmasdan, meva-sabzavot eksporti va to‘qimachilikda to‘planib qolgan muammolarga yechim topib berildi.
Mavzuga oid
20:04 / 01.01.2026
Yangi O‘zbekiston universitetining kampusi 200 mln dollarga baholanmoqda
18:32 / 30.12.2025
Yangi Toshkentni poytaxt bilan bog‘lovchi metro liniyasi va ko‘prik qurilmoqda
18:09 / 30.12.2025
Prezident Yangi Toshkentda bir qancha obektlar qurilishi bilan tanishdi
12:19 / 30.12.2025