Jahon | 22:41 / 22.08.2025
2651
1 daqiqa o‘qiladi

FQB agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazdi

Jon Bolton 2018 yil aprelda Trampning maslahatchisi etib tayinlangan, 2019 yil sentabrda lavozimidan bo‘shatilgandi.

Foto: Reuters

FQB Donald Trampning birinchi ma’muriyatida milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi sifatida faoliyat olib borgan Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazdi.

FQB direktori Kesh Patel X tarmog‘ida «Hech kim qonundan ustun emas», deb yozdi.

Amerika OAV tintuvga aynan Patel tomonidan ruxsat berilganini yozmoqda.

Jon Bolton 2018 yil aprelda Trampning maslahatchisi etib tayinlangan, 2019 yil sentabrda lavozimidan bo‘shatilgandi.

Bolton 2020 yilda memuarlarini chop ettirgan, Tramp sobiq maslahatchisi maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin degan iddao bilan ularning chop etilishini taqiqlashga uringandi.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid