O‘zbekiston | 14:59 / 22.08.2025
4743
7 daqiqa o‘qiladi

Volto tarixi: qanday qilib O‘zbekistondagi maishiy texnika ishlab chiqaruvchisi sotuvlar rekordini yangilamoqda?

O‘zbekistonning Volto kompaniyasi Market Yandex Go marketpleysidagi ilk sotuvchilardan biri hisoblanadi. Volto kompaniyasi vakili Abdulla Aripov Spot nashriga bergan intervyusida aytishicha, ular bor-yo‘g‘i 3 oyda Market orqali 19 000 dona ventilyator sotishga erishgan. Bu esa qolgan barcha savdo kanallari orqali 3 yilda sotilgan miqdordan 4 000 taga ko‘p. Ventilyatorlar kuniga 1500 donagacha sotilgan. Hozirda kompaniya boshqa mamlakatlarga chiqishni va yangi uskunalar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Foto: Volto

Abdulla Aripov — Volto kompaniyasida marketpleyslar bilan ishlash bo‘yicha yo‘nalish rahbari

Mening ismim Abdulla Aripov, 28 yoshdaman. Men Volto kompaniyasida marketpleyslar va eksport yo‘nalishiga rahbarlik qilaman. Kompaniyamiz arzon, biroq sifatli maishiy texnika ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bu yerga kelgunga qadar boshqa ishlab chiqaruvchi korxonada ishlaganman va bir vaqtning o‘zida qo‘shimcha daromad sifatida marketpleyslarda savdo bilan shug‘ullanganman — hatto Volto mahsulotlarini qayta sotganman. Savdo hajmlari keskin o‘sib ketgach, Volto bilan hamkorlik qilish taklifini oldim.

Volto o‘z faoliyatini 2017 yilda boshlagan. Ilk faoliyatimiz Xitoydan tayyor mahsulotlar import qilishdan iborat edi. Biroq allaqachon 2018 yilda O‘zbekistonda o‘zimizning ishlab chiqarish liniyamizni ishga tushirdik. Dastlab yarim avtomat kir yuvish mashinalari, keyin televizorlar va ventilyatorlar, bu yildan esa chaңgyutkichlar ishlab chiqarishni boshladik.

Texnika ishlab chiqarish turli darajada mahalliylashtirilgan, masalan, ventilyatorlar uchun deyarli barcha qismlarni O‘zbekistonda o‘zimiz ishlab chiqaramiz, faqat motorlargina Xitoydan olib kelinadi. O‘z ishlab chiqarishimizga ega bo‘lishimiz — bu xaridorlar uchun sifatli va ishonchli texnikani arzon narxlarda taklif qilish imkonini beradi.

Hozirda kompaniyamizda 70 kishi faoliyat yuritmoqda. Biz mahsulotlarimizni oflaynda distribyutorlar orqali hamda Market Yandex Go marketpleysida onlayn sotamiz. Joriy yildan boshlab eksportni ham yo‘lga qo‘ydik — Qozog‘iston, Ozarboyjon va boshqa davlatlarga mahsulot yetkazib bermoqdamiz.

 Marketpleyslardagi tajriba: ilk sotuvlardan — rekordlargacha

2024 yil dekabrida men Market Yandex Go O‘zbekistonda faoliyat boshlashini eshitdim va buni imkoniyat sifatida darhol payqadim. Men uchun yangi marketpleysga chiqish — strategik jihatdan muhim qadam edi. Allaqachon mart oyida birinchi bo‘lib platformadan ro‘yxatdan o‘tdik va hali mavsum boshlanmasidan 20 dona ventilyatordan iborat sinov partiyasini jo‘natdik.

Bir kuni ertalab Market'ning referal dasturida qatnashgan bloger qo‘ng‘iroq qildi va o‘z obunachilariga chegirma uchun promokodlar tarqatgan edi. U mendan ventilyator qolgan-qolmaganini so‘radi — chunki kuzatuvchilari «Hech narsa qolmabdi, buyurtma berolmayapmiz» deb yozishayotgan ekan. O‘sha kuniyoq biz Market omboriga yangi partiyani yetkazib berdik. Shu tariqa bizning ventilyatorlar xitga aylandi.

Marketpleyslarda ishlash tajribasi haqida

Marketpleyslar — bu yangi savdo kanallari, ular orqali yanada keng auditoriyani qamrab olish mumkin. Masalan, Market — bu nafaqat mustaqil marketpleys, balki butun Yandex ekotizimining bir qismi, chunki u Yandex Go ilovasi orqali ham ishlaydi. Bu esa, ayniqsa, yangi boshlayotgan sotuvchilar uchun katta afzallik.

Sotuvchi sifatida menga marketpleysning texnik yordam xizmati katta yordam beradi. Ba’zida mijozlar tomonidan noroziliklar, noodatiy vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin — bu kabi muammolarni Market jamoasi tezkor va samarali hal qiladi.

Mijozlardan olinadigan fikr va mulohazalar — yana bir muhim vosita. Xaridorlar bevosita saytda fikr qoldirish yoki biz bilan aloqaga chiqish orqali mahsulot sifatini va xizmat darajasini yaxshilashga yordam berishadi.

Shuningdek, Market'da sotuvchi o‘zining shaxsiy brend sahifasini yarata oladi — bu esa ishonch va brendingni kuchaytiradi.

Bundan tashqari, marketpleys avtomatik ravishda reklama, aksiya va chegirmalar orqali mahsulotni targ‘ib qiladi — bu esa vaqt va mablag‘ni tejashga yordam beradi.

Kelgusi rejalar haqida

Biz mahsulot turlarini kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz. Yaqinda chaңgyutkichlar ishlab chiqarishni boshladik, undan keyin — konditsionerlar, muzlatkichlar va boshqa turdagi maishiy texnika turlari ishlab chiqarish rejasi bor.

Marketpleyslarda ishlashni xohlaganlar uchun foydali maslahatlar:

1.    Marketpleyslarga chiqishni kechiktirmang. Onlayn savdoni imkoniyat sifatida qabul qiling va uni imkoni boricha ertaroq boshlang. Ba’zi ishlab chiqaruvchilar «pul u yerda turib qoladi», «sotuv bo‘lmaydi» deb qo‘rqishadi. Lekin bu yondashuv ularni katta imkoniyatlardan mahrum qiladi.

2.    Mahsulot zaxirasi to‘g‘risida doim o‘ylang. Agar sotuvni boshlagan bo‘lsangiz, uni muntazam ravishda ta’minlab turish zarur. Omborda mahsulot doim bo‘lishi kerak.

3.    Narx siyosatida balansni toping. Narxni juda yuqori belgilasangiz — sotuv bo‘lmaydi, juda past qo‘ysangiz — foyda qolmaydi. Shuning uchun xaridor uchun ham, siz uchun ham qulay bo‘lgan narxni belgilash muhim.