Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paulu Bentu O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin
Janubiy Koreya va Portugaliya milliy jamoalari sobiq bosh murabbiyi, 56 yoshli portugaliyalik mutaxassis bu lavozimga asosiy da’vogar ekani ta’kidlanmoqda.
Foto: Getty images
O‘zbekiston milliy jamoasiga yangi bosh murabbiy izlash jarayoni qiziqarli tus oldi va Janubiy Koreya va Portugaliya milliy jamoalari sobiq bosh murabbiyi Paulu Bentu asosiy nomzodlardan biriga aylandi. Bu haqda Football-Asian xabar berdi.
«O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 2026 yilda O‘zbekiston uchun tarixdagi ilk jahon chempionatida ishlaydigan bosh murabbiyni qidirib, 2014 yilgi jahon chempionati g‘olibi Yoahim Lyovga qilgan murojaati muvaffaqiyatsizlikka uchradi - germaniyalik taktikachi Toshkentning jiddiy taklifini rad etdi. Turkiyaning faxriy sobiq murabbiyi Fotih Terim ham nomzodlar qatoriga qo‘shildi, ammo u hali ko‘ndirilmadi. Endi e’tibor 56 yoshli portugaliyalik, klub futbolida va xalqaro miqyosda tajribaga ega Bentuga qaratildi», deb yozdi nashr.
Paulu Bentu murabbiylik faoliyatini 2005 yil vatanida, «Sporting» klubida boshlagan. Keyinroq, Braziliyaning «Kruzeyro», Gretsiyaning «Olimpiakos» va Xitoyning «Chunsin Lifan» klublarida ishlagan.
2010 va 2014 yillar oralig‘ida Portugaliya milliy jamoasini boshqarib, Yevro-2012 yarimfinaliga olib chiqdi. Keyinchalik Janubiy Koreyani Qatarda bo‘lib o‘tgan JCh-2022 final bosqichiga olib chiqib, Osiyoda ham hurmatga sazovor bo‘ldi. So‘nggi yillarda BAA milliy jamoasida ishladi.
Nashrning ta’kidlashicha, yaqin haftalar muzokaralar uchun hal qiluvchi palla bo‘lishi mumkin.
«Bentu Markaziy Osiyoning yetakchi bayroqdori chaqirig‘ini qabul qiladimi yoki yo‘qmi, noma’lum, ammo uning nomzodlar qatorida bo‘lishining o‘zi O‘zbekistonning katta qat’iyatini ta’kidlaydi», deb yozdi nashr.
Mavzuga oid
00:07
O‘zbekistonning JCh-2026 guruh bosqichidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi
22:55 / 01.12.2025
Superkompyuter O‘zbekistonning JCh-2026 g‘olibi bo‘lish imkoniyatiga baho berdi
23:12 / 25.11.2025
O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2026 qur’asida uchinchi savatdan joy oldi
21:14 / 21.11.2025