O‘zbekiston | 14:00 / 25.08.2025
5654
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Toshkent Kimyo universiteti Samarqand filiali bitiruvchilari xalqaro maydonda

O‘zbekistonda nodavlat oliy ta’lim tizimi paydo bo‘lganiga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. Biroq bugungi kunda ko‘plab yoshlar aynan shunday oliygohlarda tahsil olishni afzal ko‘rmoqda. Ilk bor Yodju texnika instituti sifatida faoliyat boshlagan mazkur ta’lim dargohi bugun xalqaro nufuzga ega Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga aylandi.

Samarqand filialida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi tantanali tarzda o‘tkazildi. Universitet rektori, professor Karimjon Ahmedjanov tadbirni ochib berdi. Ustozlar va mehmonlar bitiruvchilarni samimiy tabrikladilar.

Filial direktori, professor Nizomjon Eshonqulovning ma’lum qilishicha, joriy yilda 1563 nafar bakalavr va 40 nafar magistr universitetni bitirdi. Bu yilgi bitiruvchilarning 82 foizi allaqachon ish bilan ta’minlangan, qolganlariga esa universitet tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Ayni paytda universitet va filiallarda 38 ta bakalavr va 22 ta magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Davlat oliygohlari bilan sog‘lom raqobat qilish uchun qator yangiliklar joriy etilgan – stipendiyalar, ta’sischi grantlari va faol talabalar uchun rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Samarqand filiali uchun Shirin massivida zamonaviy kampus qurilishi boshlangan bo‘lib, u yaqin yillarda talabalar ixtiyoriga topshiriladi.

Universitetning xalqaro hamkorliklari ham kengaymoqda. Bugungacha 50 dan ortiq nufuzli universitet bilan shartnomalar imzolangan. Professor-o‘qituvchilar AQSh, Janubiy Koreya, Latviya, Bolgariya kabi mamlakatlarda malaka oshirmoqda. Talabalar esa 2+2, 3+1 dasturlari asosida Koreya, Latviya, Bolgariya, Avstraliya va Yangi Zelandiyada tahsil olish imkoniyatiga ega.

Marosimda shu yil universitetga hujjat topshirgan 25 nafar abituriyentga turli miqdordagi vaucherlar taqdim etildi. Shuningdek, “SANKEI HOLDINGS” kompaniyasi rahbari, Samarqanddagi “Hanun” shifoxonasi asoschisi Vo Jik Ho a’lo baholarga o‘qigan bir talabani pul mukofoti bilan taqdirladi.

Bitiruvchilar orasida 92 nafar talaba imtiyozli diplomga sazovor bo‘ldi.

Iqtidorli bitiruvchilardan biri – beshta tilni mukammal bilgan Jamshid Rustamov o‘z ilmiy faoliyatini universitetda davom ettirish niyatida. Filialda Jamshid kabi ko‘plab iqtidorli yoshlarni uchratishingiz mumkin.

Aytish joiz, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida hozir ham qabul jarayonlari davom etmoqda. Zamonaviy ta’lim va xalqaro imkoniyatlardan bahramand bo‘lishni istagan yoshlar uchun bu – to‘g‘ri tanlov!

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin