Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning Ohangaron shohko‘chasida piyodalar uchun 4 ta yo‘lo‘tkazgich quriladi
Toshkent halqa avtomobil yo‘lining 42–47 km qismida 4 ta zamonaviy yer usti piyodalar o‘tish yo‘lagi qurilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Yashnobod tumani hokimligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Ohangaron shoh ko‘chasidagi bu inshootlar «aholining xavfsiz yurib o‘tishini ta’minlaydi, transport oqimini yaxshilaydi va yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qiladi».

Ma’lum qilinishicha, qurilish ishlari doirasida yo‘l bo‘yida joylashgan ayrim «sog‘lom bo‘lmagan» daraxtlar, poytaxt ekologiya boshqarmasi ruhsati va nazorati ostida boshqa joyga ko‘chirilmoqda va o‘rniga yangi daraxtlar, ko‘chatlar ekilmoqda. Yangi ekilgan daraxtlar 3 yil davomida «muntazam sug‘orilib, parvarish qilinadi».
Loyihalar qiymati va moliyalashtirish manbasi haqida ma’lumot berilmagan.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
19:10 / 10.06.2026
Shaharsozlikda bosh reja va master-reja bilan ishlashning yangi tizimi joriy qilinadi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026