Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonidagi «avariya»larda uch kishi halok bo‘ldi
28 avgust kuni ikkita yo‘l-transport hodisasi fojia bilan yakunlandi.
Qamchiq dovonida bir kunda ikkita yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi va uch kishi vafot etdi. Bu haqda YHXB xabar berdi.
28 avgust kuni soat 4:40 larda A-373 avtomobil yo‘lining Vodiy—Toshkent yo‘nalishida Lacetti avtomashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmasdan o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan yuk mashinasiga urilib, YTH sodir etgan. Oqibatda Lacetti yo‘lovchisi og‘ir tan jarohati bilan vafot etgan. Ikkinchi yo‘lovchi esa shifoxonaga yotqizilgan.


Shuningdek, ushbu hududda soat 8:39 larda Cobalt boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, boshqaruvni yo‘qotib o‘zi bilan bir yo‘nalishda yo‘lning o‘ng tomonida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasining orqa qismiga va yo‘lning o‘ng tomonida harakatlanib ketayotgan yana bir yuk mashinasiga urilgan. Oqibatida ikki yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari bilan vafot etgan.


Har ikki holat yuzasidan Pop tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
13:47 / 09.06.2026
Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:37 / 04.06.2026