Sport | 22:12 / 28.08.2025
16845
2 daqiqa o‘qiladi

«Real» Qozog‘istonga boradi – YeChL umumiy bosqichiga qur’a tashlandi

Shuningdek, Abduqodir Husanov to‘p tepadigan «Manchester Siti» klubi ham o‘z raqiblarini bilib oldi.

Foto: Reuters

Monako shahrida Yevropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichiga qur’a tashlandi.

Turnirda 36 ta klub ishtirok etadi. Ular 4 ta savatga ajratilgan. Umumiy bosqichda har bir jamoa 8 tadan o‘yin o‘tkazadi: 4 tasi uyda, 4 tasi safarda.

36 ta klubning barcha natijalari umumiy jadvalda joylashtiriladi. Yuqori o‘rinni egallagan 8 ta klub 1/8 finalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oladi. 9-o‘rindan 24-o‘ringacha bo‘lgan jamoalar juftlik bahslarini o‘tkazadi. 25-o‘rindan 36-o‘ringacha bo‘lgan jamoalar musobaqani tark etadi.

Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi o‘yinlari 16 sentabr - 28 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘yinlarning aniq sanalari 30 avgustda ma’lum bo‘ladi.

Musobaqada birinchi marta ishtirok etayotgan Qozog‘istonning «Qayrat» klubi qur’aga ko‘ra o‘z maydonida «Real Madrid», «Bryugge», «Olimpiakos» va «Pafos» bilan o‘ynaydi. Shuningdek safarda «Arsenal», «Inter», «Sporting» va «Kopenhagen» klublari bilan kuch sinashadi.

Abduqodir Husanov to‘p tepadigan «Manchester Siti» quyidagi raqiblar bilan bellashadi: «Borussiya», «Real», «Bayyer», «Vilyarreal», «Napoli», «Budyo-Glimt», «Galatasaroy», «Monako».

Qur’a natijalari quyidagicha bo‘ldi.

1-savatdagi jamoalarning guruh bosqichidagi barcha raqiblari.

2-savatdagi jamoalarning guruh bosqichidagi barcha raqiblari.

3-savatdagi jamoalarning guruh bosqichidagi barcha raqiblari.

4-savatdagi jamoalarning guruh bosqichidagi barcha raqiblari.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid