Ta’lim | 18:20 / 31.08.2025
5410
2 daqiqa o‘qiladi

Magistraturaga qabul natijalari e’lon qilindi

Yangi o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasi kunduzgi ta’lim shakli uchun 20 210 ta, kechki ta’lim shakli uchun 1 319 ta va masofaviy ta’lim shaklida 420 o‘rin ajratilgan.

Foto: Getty images

2025/26-o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi, deb ma’lum qildi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

Natijalarni my.edu.uz yelektron tizimi orqali shaxsiy kabinetdan bilish mumkin.

Davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish 7iyulda boshlangan, magistratura bo‘yicha qabul kvotasi 25 iyulda e’lon qilingandi.

Unga ko‘ra, kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 20 210 ta o‘rin ajratilgan:

davlat granti - 9 922 ta, shundan, o‘zbek tili - 8 725 ta, rus tili - 1 197 ta,

kontrakt - 10 288 ta, shundan, o‘zbek tili 8 538 - ta, rus tili - 1 750 ta.

Kechki ta’lim shakli bo‘yicha 1 319 ta o‘rin ajratilgan. Shundan, o‘zbek tili - 1 107 ta, rus tili - 138 ta, qoraqalpoq tili - 74 ta. Masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha esa 420 ta o‘rin ajratilgan bo‘lib, shundan, o‘zbek tili - 352 ta, rus tili - 53 ta, qoraqalpoq tili - 15 ta.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid