Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
PEPSIMANIYA davom etmoqda!
Sevimli xaridlaringiz uchun sovg‘alar olish ikki hissa yoqimli, ayniqsa bu pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar bo‘lsa. Aynan shu sababli iyul oyida boshlangan PepsiManiya super-aksiyasi butun mamlakat bo‘ylab ishtirokchilarni xursand qilishni davom ettirmoqda.
Foto: Pepsi
Bugun sizda noyob imkoniyat bor: har ikkinchi Pepsi qopqog‘i - yutuqli!
Qanday ishtirok etish mumkin?
1. Istalgan Pepsi mahsulotini xarid qiling.
2. Qopqoq ostidagi maxsus kodni toping.
3. Uni ro‘yxatdan o‘tkazing va pul mukofotini va Pepsi maxsus super stakanini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ling.
4. Haftalik super yutuqli o‘yinlarda avtomatik ravishda ishtirokchiga aylaning.
Nimalarni yutib olish mumkin?
PepsiManiya bu - haqiqiy sovg‘alar va yorqin his-tuyg‘ular to‘lqinidir. Eng kichik yutuq bu - darhol hisobingizga tushadigan pul. Summalar turlicha bo‘lishi mumkin: 10 000, 25 000, 50 000 va hatto 100 000 so‘m, shuningdek, sovuq ichimlik qo‘shilganda rangi o‘zgaradigan Pepsi maxsus stakanlari ham sovrin sifatida taqdim etiladi.
Eng muhimi, siz quyidagi super sovrinlarni yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz:
• zamonaviy elektr samokat,
• Turkiyaga sayohat,
• va bosh pul mukofoti - 50 million so‘m!
Haftalik jonli efirdagi yutuqli o‘yinlar
Har hafta Pepsimaniya natijalari MY5 telekanalida soat 18:00 da jonli efirda, shuningdek, Pepsiʼning Instagramʼdagi rasmiy sahifasida e’lon qilinadi. Bu yerda super sovrinlarni qo‘lga kiritish baxtiga muyassar bo‘lgan ishtirokchilarning nomlari e’lon qilinadi.
G‘oliblar safi kengaymoqda
Aksiya butun respublikani qamrab oldi - 700 mingdan ortiq iste’molchi o‘z sovg‘alarini qo‘lga kiritdi.
"Avgust boshida Pepsi sotib olib, qopqoq ostidagi kodni kiritishga qaror qildim. Kutilmaganda g‘olib bo‘ldim - 50 million so‘m yutdim! Shanba kuni menga qo‘ng‘iroq qilib, bu haqda xabar berishdi. Juda xursand bo‘ldim, hayajonim ichimga sig‘madi. Pepsi kompaniyasiga shunday imkoniyat va sovrin uchun rahmat!" - Dmitriy Mishenyov, Toshkent shahri, 9 avgust g‘olibi.
"Men, farg‘onalik Fayzullo Sobirjonov ham Pepsi aksiyasida ishtirok etdim. To‘g‘risini aytsam, aynan men bosh sovrinni yutishimga ishonmagan edim. Ammo qo‘ng‘iroq qilib, Turkiyaga sayohat yutganimni aytishganda, butunlay hayratda qoldim! Hammasi rostdan ham halol ekan. Orzularingizni ro‘yobga chiqaring - aksiyada qatnashing!" - Fayzullo Sobirjonov, Farg‘ona shahri.
"Men Toshkent shahridagi umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Gulshan Jo‘rayevaman. Men ham aksiyada qatnashishga qaror qilib, kodni kiritdim. Turkiyaga sayohat qilish uchun sertifikat yutganimni bilganimda, his-tuyg‘ularimni so‘z bilan ifodalash qiyin! Men u yerda hech qachon bo‘lmaganman, shuning uchun Pepsi tashkilotiga shunday imkoniyat bergani uchun katta rahmat!" - Gulshan Jo‘rayeva, Toshkent shahri, 9 avgust g‘olibi.
Endi esa navbat sizniki! Pepsimaniya isbotlaydi: omad sizning yoningizda. Har ikkinchi qopqoq yutuq keltiradi, demak, g‘alaba qozonish imkoniyati har kimda bor.
Fursatni boy bermang!
Pepsi tomonidan o‘tkaziladigan promo-aksiyada ishtirok eting va har hafta o‘yinlarda ajoyib sovrinlarni yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ling. Oldinda hali ko‘plab sovg‘alar, yorqin his-tuyg‘ular va syurprizlar kutmoqda.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:00 / 24.09.2025
Toshkentda Pepsi Music Fest 2025 muvaffaqiyatli yakunlandi
19:00 / 12.09.2025
Akon, Big Baby Tape, Irina Kayratovna va o‘n minglab tomoshabinlar - Pepsi Music Fest - yanada balandroq, yanada yorqinroq!
12:00 / 20.08.2025
Pepsi yana oldinda – O‘zbekistonda 59,28 foiz ovozga sazovor bo‘ldi. Pepsi Taste Challenge 2025
19:00 / 05.05.2025