Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Mark Tsukerberg bilan Mark Tsukerberg sudlashadi
Advokat Mark Tsukerberg Facebook asoschisi Mark Tsukerberg rahbarlik qiladigan Meta kompaniyasini sudga berdi.
Indiana shtatining bankrotlik ishlari bo‘yicha advokati Mark Tsukerberg Meta kompaniyasiga qarshi sudga da’vo arizasi kiritdi. Bunga uning Facebook’dagi biznes-akkaunti muntazam ravishda bloklanishi sabab bo‘ldi, deb xabar berdi VC.
Qayd qilinishicha, ijtimoiy tarmoqning moderatsiya tizimi buni o‘zini kompaniya bosh direktori - da’vogarning familiyadoshi sifatida ko‘rsatishga urinish deb hisoblagan.
So‘nggi sakkiz yil ichida advokatning tijorat sahifasi besh marta bloklangan. Tsukerberg Facebook sahifasidan o‘z xizmatlarini reklama qilish va mijozlar bilan muloqot qilish uchun foydalanadi. Shu bilan birga, profilida Meta rahbarining fotosuratlari yo‘q.
34 yillik tajribaga ega advokat da’vo arizasida ta’kidlashicha, u yuridik amaliyotni Meta’ning hozirgi rahbari «atigi uch yoshda» bo‘lganida boshlagan. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, bloklashlar tufayli kompaniyani ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib qilish uchun sarflangan 11 ming dollardan ortiq mablag‘ni yo‘qotgan. Akkaunt muzlatilgan davrlari uchun pullar unga qaytarilmagan.
Da’vogarning ma’lum qilishicha, u 2017 yildan buyon bir necha bor Facebook qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilgan, biroq muammo hal etilmagan va sud jarayoni boshlangan.
Advokat Mark Tsukerberg ism-sharifi tufayli muntazam ravishda noqulayliklarga duch kelishini aytadi. Bu restoranlarda stollarni band qilish, mijozlarga qo‘ng‘iroq qilish va ommaviy chiqishlarga taalluqli.
Dunyoga mashhur 41 yoshli Mark Tsukerberg - amerikalik media magnat, internet tadbirkori va xayriyachi. Meta kompaniyasining (Facebook va Instagram egasi) hammuassisi sifatida tanilgan va uning raisi, bosh ijrochi direktori va nazorat qiluvchi aksiyadori hisoblanadi.
Mavzuga oid
22:24 / 16.06.2026
Tramp Yevropa Ittifoqi ta’sirida Ukraina bo‘yicha pozitsiyasini o‘zgargartirdi - OAV
20:58 / 16.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
19:23 / 16.06.2026
AQSh-Eron kelishuvi Netanyahu va Tramp o‘rtasida kelishmovchilikka olib kelmoqda
18:47 / 16.06.2026