Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qum donasidan mustahkam shishagacha: 50 yillik tajribaga ega Kvars zavodiga sayohat
O‘zbekistonda yarim asrdan beri shisha sanoatida yetakchi bo‘lib kelayotgan Kvars zavodi qum donachalaridan xalqaro standartlarga javob beradigan mustahkam shisha bankalar va butilkalar ishlab chiqaradi. Ushbu videoda biz sizni shishaning “tug‘ilishi”dan tortib sifat sinovlarigacha bo‘lgan jarayon bilan tanishtiramiz.
Shisha — insoniyat yaratgan eng noyob materiallardan biri. U yorug‘likni o‘tkazadi, ta’mlarni o‘zgartirmaydi va tabiatga yana qaytadi. Farg‘onadagi Kvars zavodi esa bu mo‘jizani 50 yildan beri ishlab chiqarib, mamlakat shisha sanoatida yetakchilikni saqlab kelmoqda.
Oddiy bir shisha bankaning hayoti qumdan boshlanishini tasavvur qila olasizmi? Qumga soda va ohaktosh qo‘shilib, 1500 °C haroratda eritiladi va suyuq shishaga aylanadi. Maxsus mashinalar esa uni puflab, banka yoki butilkaga shakl beradi. Keyin esa uzun sovitish pechidan o‘tib, mustahkam va xavfsiz idishga aylanadi.

Har bir mahsulot zavodda bir necha bor sinovdan o‘tkaziladi. Kichik bir nuqson aniqlansa ham u qayta ishlanib yangi shishaga aylantiriladi. Shu bois Kvars mahsulotlari xalqaro standartlarga to‘liq javob beradi.

Bugun bu zavodda ishlab chiqarilgan bankalar va butilkalar nafaqat O‘zbekistonda, balki chet el bozorlarida ham katta talabga ega. Olingan mukofotlar va sertifikatlar esa uning mintaqadagi yetakchi ishlab chiqaruvchi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
Telefon:+998 93 484 57 70
Web-page|Telegram|Facebook|Instagram
Reklama huquqi asosida