Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Afg‘oniston elektr infratuzilmasini modernizatsiya qiladi
Kobul shahrida energetika sohasida investitsiyalarni jalb qilish va Afg‘oniston energetika sektorini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan birinchi konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda Afg‘oniston hukumati vakillari, O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston energetika vazirliklari delegatsiyasi, shuningdek, boshqa xalqaro tashkilotlar hamda diplomatik vakolatxonalar vakillari ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Konferensiya doirasida Afg‘onistonda 220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalar qurilishi bo‘yicha moliyaviy shartnoma imzolandi va loyihaning qurilishiga start berildi.
Loyihalar 2027 yilning birinchi choragiga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida elektr energetika sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.


Energetika vazirligining bildirishicha, kelgusida O‘zbekiston Afg‘oniston bo‘ylab taqsimlash tarmoqlarini modernizatsiya qilish, aqlli hisoblash tizimlarini joriy etish orqali sohada samaradorlik va shaffoflikni oshirish, texnik ekspertiza orqali ishonchli energiya yetkazib berishni qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini yana bir bor tasdiqlaydi.


Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
10:15 / 17.06.2026