Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropadagi ikkita fraksiya Ursula fon der Lyayyenga ishonchsizlik bildirishga tayyorlanmoqda
"So‘llar" va "Yevropa vatanparvarlari" fraksiyalari Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyenga nisbatan ishonchsizlik votumi bo‘yicha takliflar ustida ishlamoqda.
Takliflar yetarli miqdorda imzo yig‘ishi bilan ko‘rib chiqish uchun yuboriladi, deb xabar berdi Euronews.
"So‘llar" vakili Tomas Shennonning ta’kidlashicha, fraksiya Ursula fon der Lyayyen olib borayotgan siyosatga qo‘shilmasligi bois ishonchsizlik votumini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.
Ikkinchi tomondan "Yevropa vatanparvarlari" guruhi ana shunday reja tayyorlamoqda.
Fransiyaning "Milliy birlik", Vengriyaning "Fides" va Italiyaning "Liga" partiyalaridan iborat fraksiya ikkinchi marta ishonchsizlik votumini tashkillashtirishni reja qilmoqda.
Fraksiya matbuot kotibi Alonso de Mendosa ishonchsizlik votumi qachon kiritilishi mumkinligi borasida ma’lumot bermadi. Lekin manbalarning so‘zlariga ko‘ra, votum loyihasi yaqin kunlarda taqdim etiladi.
Mavzuga oid
17:18 / 28.06.2026
Yevropada noodatiy jazirama kuzatilmoqda – suratlar
08:22 / 26.06.2026
Yevropada elektromobillarni eng ko‘p qaysi mamlakatlar xarid qilmoqda?
08:17 / 18.06.2026
Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boshlandi
09:15 / 15.06.2026