Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadan uch mingga yaqin migrantlar deportatsiya qilindi
2025 yilning birinchi yarmida Rossiyadan 2,8 ming nafar migratsiya qonunchiligini buzgan shaxslar deportatsiya qilindi, bu raqamlar o‘tgan yilga nisbatan 17 foizga ko‘p.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda noqonuniy migrantlar o‘rtasidagi jinoyatchilikka qarshi kurash choralari, shuningdek, migrantlarni ish bilan ta’minlovchi ish beruvchilar ustidan nazorat kuchaytirilgan.
Jumladan, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan o‘tkazilgan rejadan tashqari tekshiruvlar soni 14,6 foizga (6 ming 367 ta) oshgan bo‘lib, natijada 19 ming 839 ta huquqbuzarlik sodir ochildi.
Shuningdek, shu yil birinchi yarim yillikda jami 587,8 ming migratsiya (+17 foiz), jumladan, noqonuniy yashash (+28 foiz) va mehnat bozori orqali bandlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar (+52 foiz) aniqlangan.
Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirligi propiska va vaqtincha propiska berishni sezilarli darajada qisqartirdi. Birinchi yarim yillikda berilgan ruxsatnomalar soni 31 foizga (16,6 mingta), yashash uchun ruxsatnomalar esa 32 foizga (80,1 mingta) kamaydi.
"791 nafar shaxsga nisbatan Rossiya fuqaroligini bekor qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi, – deyiladi manbada. – Shuningdek, chet elliklarni Rossiyaga ishga joylashtirish to‘g‘risidagi bildirishnomalar soni ham ko‘paygan".
Mavzuga oid
18:53 / 28.06.2026
Dubayda og‘ir ahvolga tushib qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
10:25 / 12.06.2026
AQShdan deportatsiya qilingan 24 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarildi
18:06 / 08.06.2026