Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi Qozog‘istonga qarshi sanksiyalar joriy etish imkoniyatini o‘rganmoqda
YeI Qozog‘iston qurol ishlab chiqarishga mo‘ljallangan uskunalarni katta hajmda Rossiyaga yo‘naltirayotganini da’vo qilmoqda.
Foto: RIA Novosti
Yevropa Ittifoqi (YeI) Qozog‘istonga qarshi ikkilamchi sanksiyalarni birinchi marta qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb yozdi Bloomberg o‘z manbalariga tayanib.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, sanksiyalar qo‘llanilgan taqdirda, qurol ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan uskunalarni Qozog‘istonga yetkazish taqiqlanadi. YeI Qozog‘iston ushbu uskunalarni katta hajmda Rossiyaga qayta yo‘naltirayotganini da’vo qilmoqda.
Agentlik suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, qaror hali qabul qilinmagan, buning uchun Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha mamlakatlarning dalillari va qo‘llab-quvvatlashi kerak.
Taklif etilayotgan choralar Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarining hozir muhokama qilinayotgan 19-paketining bir qismi bo‘lishi mumkin. Yangi paket, shuningdek, Rossiya banklari va neft kompaniyalariga qarshi cheklovlarni kuchaytirishni, «yashirin» flot tankerlarini qayta sug‘urtalashni taqiqlashni, uchinchi mamlakatlar neft treyderlariga qarshi sanksiyalarni va Rossiya harbiy sanoatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan tovarlarni eksport qilishni taqiqlashni o‘z ichiga oladi.
Qozog‘istonning bir qator kompaniyalari ilgari ham Yevropa Ittifoqi va AQSh sanksiya ro‘yxatlariga kiritilgan. Biroq endi butun mamlakatga qarshi ikkilamchi sanksiyalar birinchi marta muhokama qilinmoqda.
Mavzuga oid
20:02 / 08.04.2026
Makron, Meloni, Mers, Starmer va boshqalar Erondagi urush haqida bayonot berdi
20:23 / 31.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayevni qabul qildi
09:40 / 31.03.2026
Rossiya va Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib kelish ko‘paymoqda
07:17 / 25.03.2026