Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Ukrainaning 6 ming kv km hududini berishni talab qilmoqda – Vens
AQSh vitse-prezidenti so‘zlariga ko‘ra, bu hududlar hali harbiy kuch bilan bosib olinmagan.
Foto: Reuters
AQSh vitse-prezidenti Jyeyms Vensning aytishicha, Rossiya Ukrainaga hududiy talablar qo‘ygan va hozir Kiyev nazorati ostida bo‘lgan taxminan 6 ming kvadrat kilometr maydonga da’vogarlik qilmoqda. Bu haqda u One America News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Ruslar taxminan 6 ming kvadrat kilometr maydonni xohlayapti, ular hali harbiy kuch bilan bosib olinmagan. Ruslar shuni istayapti», dedi u.
Shu bilan birga, Vens prezident Donald Tramp agar Ukrainadagi mojaro hal qilinsa, Rossiya bilan yaqinroq iqtisodiy hamkorlikka erishish niyatida ekanini aytdi.
«Rossiya sizga yoqadimi yoki yo‘qmi, ularning mojaro haqidagi dalillariga qo‘shilasizmi yoki yo‘qmi, oddiy fakt bor: ularda ko‘p neft, ko‘p gaz, ko‘p mineral resurslar bor», deb ta’kidladi Vens.
Avvalroq Kreml bundan boshqa talablarni ham ilgari surgani xabar qilingandi: 2022 yilda anneksiya qilingan hududlardan Ukraina qo‘shinlarini olib chiqish, NATOga qo‘shilishdan bosh tortish, Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olish. Agar shartlar qabul qilinmasa, Rossiya harbiy harakatlarni davom ettirishga va’da bergan.
Mavzuga oid
14:35
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
13:45
Kipr: Ukraina YeI Kengashiga raislik davrida ustuvor yo‘nalish bo‘ladi
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:21