Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ijobiy o‘zgarish bor, ammo yetarlicha emas» – MB raisi inflatsiya darajasi haqida
Markaziy bank raisi Timur Ishmetovga ko‘ra, 5 foizlik inflyatsion targetga 2027 yil oxirida erishish kutilyapti. «Yil oxiri bo‘yicha inflatsiya prognozimizni 8,7 foizga yangiladik. Ko‘p yo‘nalishlar bo‘yicha inflatsiya pasaydi, lekin bu biz o‘ylagandan kechroq boshlandi va kutganimizdan pastroq bo‘lyapti. Ya’ni ijobiy o‘zgarish bor, ammo yetarlicha emas. Shu sababdan ham asosiy stavkani o‘zgarishsiz saqlab qoldik», dedi u.
11 sentabr kuni Markaziy bankda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida regulyator rahbari Timur Ishmetov inflyatsion targetga erishish muddati ham har yili surilib borayotganini qayd etib o‘tdi.
«Targetimiz surilib boryapti. Har yili buni tushuntirishning harakatini qilyapmiz. Tashqi omillar ham, ishchi omillar ham bor. Yil oxiri bo‘yicha inflatsiya prognozimizni 8,7 foizga yangiladik. Ko‘p yo‘nalishlar bo‘yicha inflatsiya pasayishni boshladi, lekin bu biz o‘ylagandan kechroq boshlandi va kutganimizdan pastroq bo‘lyapti. Ya’ni ijobiy o‘zgarish bor, ammo yetarlicha emas. Shu sababdan ham asosiy stavkani o‘zgarishsiz saqlab qoldik. O‘ylashimizcha, targetga erishish 2027 yilning oxiriga bo‘ladi. Bu yil 8,7 bo‘lsa, tushunarli, keyingi yil oxiriga 5 foizga tushirish qiyin. Oktyabrda o‘zimizning asosiy prognozlarni chiqaramiz, unda aniq ma’lumotlarni e’lon qilamiz», dedi Ishmetov.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank 2020 yilda inflatsiyani targetlashga o‘ta boshlagandi. O‘shanda inflatsiya bo‘yicha doimiy maqsadli ko‘rsatkich 5 foiz etib belgilangan va bunga 2023 yilga borib erishish rejalashtirilgandi. 2022 yilga kelib, 5 foizlik ko‘rsatkichga erishish muddati 2024 yil oxiriga kechiktirildi, 2023 yilning oktyabrida bu muddat 2025 yilning ikkinchi yarmigacha cho‘zildi. 2024 yilda esa asosiy ssenariysi bo‘yicha targetga erishish muddati 2026 yilning ikkinchi yarmigacha, xavfli ssenariy bo‘yicha esa 2027 yil oxirigacha kechiktirildi.
Mavzuga oid
19:19 / 04.12.2025
O‘zbekiston oktyabrda oltinning eng yirik xaridorlaridan biri bo‘ldi
16:32 / 28.11.2025
Fuqarolarga o‘z maoshini oladigan bankni tanlash huquqi beriladi
16:13 / 28.11.2025
Markaziy bank qoshida venchur fond va innovatsion hab tashkil etiladi
11:26 / 28.11.2025