O‘zbekiston | 10:00 / 11.09.2025
4182
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Invento the Uzbek International School: Toshkentdagi jahon darajasidagi ta’limga ega IB xalqaro maktabi

Farzand uchun maktab tanlash har bir g‘amxo‘r ota-onaning hayotidagi eng muhim qarorlardan biridir. Ayniqsa, xalqaro ta’lim haqida gap ketganda, bu yerda nafaqat a’lo baholar, balki kelajak ham e’tiborga olinadi: ingliz tilini mukammal bilish, dunyoning nufuzli universitetlariga kirish, har tomonlama rivojlanish va iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash.

Foto: Invento

Ushbu maqolada biz Toshkentdagi xalqaro maktabni tanlashda qaysi mezonlar muhimligi, IB dasturining o‘ziga xos jihatlari nimada ekanligi va nega O‘zbekistondagi dastlabki IB World School’lardan biri bo‘lgan Invento the Uzbek International School’ga e’tibor qaratish lozimligini ko‘rib chiqamiz.

Maktab tarixi va ishonchli raqamlar

Invento the Uzbek International School – 2020 yilda Toshkentda tashkil etilgan xususiy xalqaro maktab. 2024 yil aprel oyida maktab qat’iy xalqaro tekshiruvdan o‘tib, IB World School rasmiy maqomini qo‘lga kiritdi.

Bugungi kunda Invento’da 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 500 dan ortiq o‘quvchi ta’lim olmoqda. Ikkita zamonaviy kampusda (birinchisi Tashkent City hududida, ikkinchisi «Ashxobod» bog‘i yaqinida joylashgan) AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan kelgan 80 dan ziyod o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Maktab jahon andozalariga mos to‘laqonli xalqaro ta’lim muhitini yaratib, bitiruvchilarni xorijiy oliy o‘quv yurtlariga tayyorlash, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, shaxsiy o‘sish va qulay ikki tilli muhitga alohida e’tibor qaratadi.

"Invento – bu shunchaki maktab emas. Bu bolani hurmat qiladigan, eshitadigan va ilhomlantiradigan ta’lim maskanidir. Biz global miqyosda fikrlay oladigan, ammo o‘z ildizlarini unutmaydigan avlodni tarbiyalayapmiz," – deydi Invento the Uzbek International School direktori Zulfiya Obidova. – "Bizning maqsadimiz o‘quvchilarni nafaqat dunyoning eng yaxshi universitetlariga kirishga tayyorlash, balki ularga o‘zini ishonch, mustahkam qadriyatlar, ko‘nikmalar, bilimlar va dunyoni yaxshilashga intilish tuyg‘usini singdirishdir."

IB dasturi bu nima va nega u farzandingiz kelajagi uchun muhim?

IB (International Baccalaureate) – 125 dan ortiq mamlakatda faoliyat yurituvchi xalqaro ta’lim tizimi hisoblanadi. Uning maqsadi nafaqat bilim berish, balki ongli shaxsni tarbiyalashdir — rivojlangan hissiy intellekt, tahliliy fikrlash va jamiyatdagi o‘rnini anglash qobiliyatiga ega insonni shakllantirish.

IB maktablarida eslab qolishdan ko‘ra tadqiqot va amaliyot ustuvor. O‘qitish savollar, tajribalar va fanlararo loyihalar asosida quriladi. Masalan, Invento’da bitta loyiha matematika, musiqa va tabiiy fanlarni birlashtirishi mumkin. Aslida taktlarning o‘lchami va tovushlarning davomiyligi matematika, torlarning tebranishlari va tovushlar uyg‘unligi fizika orqali ifodalanadi va bularning barchasi musiqa vositasida jonlanadi. Shu tariqa bolalar fanlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganadilar, tahlil qilishni, taqqoslashni va noodatiy yechimlarni topishni o‘zlashtirib boradilar.

Ta’lim ingliz tilida olib boriladi, ammo ona tili, jumladan o‘zbek tili tizimli ravishda qo‘llab-quvvatlanadi. Ko‘p qirrali metodikalar va ikki tilli muhit tufayli bolalar ingliz tilini kundalik hayotining ajralmas qismiga aylantiradilar. Bunda madaniyat va ona tili bilan bog‘liqlik saqlanib qoladi.

Invento UIS maktabini samarali qiladigan jihatlar

  • Akkreditatsiya. IB World School maqomi – xalqaro miqyosda tasdiqlangan sifat kafolati. Bitiruvchilar Yevropa, AQSh, Kanada va Osiyo universitetlariga yo‘l ochadigan diplomga ega bo‘ladilar.
  • O‘qituvchilar. Invento – 15 dan ortiq mamlakatdan zamonaviy o‘qitish usullarini puxta egallagan eng yaxshi o‘qituvchilardan iborat kuchli xalqaro jamoa. Darslar interaktiv tarzda o‘tadi.
  • Muhit va xavfsizlik. Keng sinf xonalari, 24/7 qo‘riqlash, studiyalar, laboratoriyalar, sport zallari va dam olish joylari mavjud. Kichik sinflar har bir bolaga ko‘proq e’tibor qaratish imkonini beradi.
  • Qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash. Liderlik klublari, to‘garaklar, sport seksiyalari va san’at studiyalari bolaning qiziqishlari va afzalliklarini hisobga olgan holda uyg‘un rivojlanish imkonini yaratadi.
  • Oliy o‘quv yurtlariga kirish. Bu shunchaki orzu emas, balki maktabning aniq maqsadidir. 9-sinfdan boshlab dunyoning eng nufuzli universitetlariga yakka tartibda tayyorgarlik olib boriladi.

Bola boshqa maktabdan o‘tib kelsa-chi?

Invento UIS butun o‘quv yili davomida o‘quvchilarni qabul qiladi. Maxsus moslashuv tizimi IB dasturiga kirishga yordam beradi, hatto bola boshqa tizimda o‘qigan bo‘lsa ham. Diagnostik test o‘tkaziladi, ustoz tayinlanadi, shaxsiy reja ishlab chiqiladi. Bunday yondashuv stressdan qochish va o‘tishni samarali qilish imkonini beradi.

"Ilgari hamma qatori shunchaki o‘qirdim. Invento’da esa birinchi marta fikrim haqiqatan ham muhim ekanligini his qildim. Biz shunchaki o‘rganmaymiz – muhokama qilamiz, g‘oyalar o‘ylab topamiz, o‘z loyihalarimizni yaratamiz. Ko‘proq kitob o‘qiy boshladim, fanga qiziqishim ortdi. O‘qituvchilar «bu to‘g‘ri» deyish o‘rniga «sen nima deb o‘ylaysan?» deb so‘raydilar. Bu butunlay boshqacha maktab," – deydi 12-sinf bitiruvchisi Matvey.

Nega kelib, hammasini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rganingiz ma’qul?

Eng muhimi – muhitdir. Sayt, maqolalar va sharhlar muhim, ammo hech qanday tavsif shaxsan tanishishning o‘rnini bosa olmaydi. Shuning uchun Invento UIS ota-onalarni ekskursiyalarga va individual maslahatlarga taklif etadi.

Tashrif davomida siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:

  • Sinfxonalar va laboratoriyalarni ko‘rib chiqish;
  • O‘qituvchilar va ma’muriyat bilan suhbatlashish;
  • Farzandingiz imkoniyatlari haqida shaxsiy maslahat olish;
  • Barcha savollaringizni berish.

Ekskursiyaga yozilish uchun: +998 71 210 99 99 yoki [email protected]

Batafsil ma’lumot rasmiy saytda: www.invento.uz

Reklama huquqi asosida

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid