Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh G7 davlatlariga Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilishni taklif etdi
Hozir Yevropa Ittifoqi ushbu mablag‘larni investitsiya qilishdan olingan foydadan Ukrainaga yordamni moliyalashtirish uchun foydalanmoqda.
Foto: Getty images
Donald Tramp ma’muriyati G7 davlatlariga sanksiyalar natijasida muzlatib qo‘yilgan Rossiyaning oltin-valuta zaxiralarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri musodara qilishni boshlashni taklif etdi. Bu haqda muzokaralar jarayoni bilan tanish bo‘lgan yevropalik diplomatlarga tayanib Bloomberg xabar berdi.
Agentlik manbalariga ko‘ra, amerikaliklar allaqachon o‘z g‘oyalarini Rossiyaning muzlatilgan suveren aktivlarining taxminan uchdan ikki qismi joylashgan Yevropa rasmiylariga bildirgan. Hozir Yevropa Ittifoqi ushbu mablag‘larni investitsiya qilishdan olingan foydadan Ukrainaga yordamni moliyalashtirish uchun foydalanmoqda.
Bloomberg suhbatdoshlariga ko‘ra, AQSh asosiy summani bosqichma-bosqich musodara qilishni boshlashni taklif etmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Vashington, shuningdek, G7 davlatlariga Rossiya aktivlarini olib qo‘yish uchun huquqiy asos ishlab chiqishni va keyin ulardan Kiyevni harbiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini to‘lash uchun foydalanishni boshlashni taklif etgan.
Shu bilan birga, Tramp prezident Vladimir Putinni muzokaralar stoliga o‘tqazish uchun Rossiya neftini sotib olayotgan Hindiston va Xitoyga nisbatan 100 foizgacha boj joriy etishni taklif qilgan.
Umumiy hisobda G‘arb davlatlari Rossiyaning 300 milliard dollarga yaqin yoki xalqaro zaxiralarining taxminan yarmini muzlatib qo‘ydi. Yevropa Ittifoqi urushning dastlabki kunlaridayoq Rossiya Moliya vazirligi, Markaziy banki va Milliy farovonlik jamg‘armasiga qarshi sanksiyalar qo‘llab, 200 milliard yevroga yaqin mablag‘ni bloklab qo‘ydi.
Yevropa Ittifoqi rasmiylari Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilish uchun huquqiy asosni yaratishga bir necha bor urinib ko‘rgan. Biroq, ehtimoliy huquqiy oqibatlar tufayli bu qadamdan voz kechgan.
Mavzuga oid
09:24 / 08.12.2025
Kellog: Tinchlik kelishuvini imzolashga ikkita band to‘sqinlik qilmoqda
08:35 / 08.12.2025
MAGA ideologiyasi va YeI kelajagi: Berlin AQShning yangi strategiyasidan xavotirda
11:15 / 07.12.2025
AQSh Yevropadan yuz o‘giryaptimi? | “Geosiyosat”
01:22 / 07.12.2025