Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qayta ijaraga berishga ruxsat etildi
«Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda mahsulot yetishtirishning uzluksizligini ta’minlash va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi:
- tuman (shahar) hokimliklari tasarrufidagi bo‘sh turgan yer uchastkalarini to‘liq hisobga olish va realizatsiya qilish;
- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qayta ijaraga berish tizimini takomillashtirish.
Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijarachisiga yer uchastkalarining bir qismiga nisbatan ijara shartnomasi bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) huquqi beriladi.
Mazkur yer egalari va foydalanuvchilariga yer uchastkalariga bo‘lgan egalik qilish va foydalanish huquqlarini xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarori asosida ijara huquqiga o‘zgartirish imkoniyati beriladi.
Bunda yerga egalik qilish va foydalanish huquqi ijara huquqiga o‘tkazilganda ijara muddati quyidagicha etib belgilandi:
- O‘zbekiston fuqarolari va ular muassisligidagi yuridik shaxslar uchun – 30 yil;
- chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun – 25 yil.
Mavzuga oid
08:50 / 25.12.2025
Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
15:15 / 24.12.2025
Uy-joy va yer bo‘yicha yakuniy xulosa chiqarish muddati 3 barobarga qisqarishi mumkin
09:23 / 17.12.2025
Fermer xo‘jaligi yerini o‘zboshimchalik bilan egallab, sotishga uringanlar ushlandi
14:15 / 10.12.2025