Sport | 22:03 / 15.09.2025
7570
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyalik Dyuplantis langarcho‘p bilan sakrashda jahon rekordini yangiladi

Sportchi 6 m 30 sm balandlikni zabt etdi.

Foto: AP

Shvetsiyalik sportchi Arman Dyuplantis langarcho‘p bilan sakrashda jahon rekordini yana bir marta yangiladi.

Bu safar Tokioda bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida u 6 m 30 sm balandlikka sakradi. Natijada uchinchi marta jahon chempioni bo‘ldi.

Aytish joizki, 25 yoshli Dyuplantis bir oydan sal ko‘proq vaqt oldin o‘rnatgan o‘z rekordini 1 sm ga yangiladi.

Dyuplantis ilk bor 2020 yil fevralida langarcho‘pda sakrash bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgan, o‘tgan vaqt mobaynida o‘z rekordini uch bor yangilagan. U Tokio va Parijda o‘tgan oxirgi Olimpiadalarda chempion bo‘lgan, shuningdek, uch karra jahon chempioni hamda uch karra Yevropa chempioni sanaladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid