Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA o‘zbek klublariga jahon chempionatida ishtirok etgan futbolchisi uchun pul to‘laydi
Futbolchilarning jahon chempionatidagi ishtiroki uchun rekord darajadagi 355 million dollar dunyo klublari o‘rtasida taqsimlanadi.
Kengaytirilgan klub imtiyozlari dasturi (CBP) doirasida Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026 yilgi Jahon chempionati saralash o‘yinlari va final bosqichida ishtirok etgan futbolchilar uchun rekord darajadagi 355 million dollarni klublar o‘rtasida taqsimlaydi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati bilan taqqoslaganda, dastur doirasida to‘lovlar 70 foizga oshgan. Shu vaqtda FIFA 440 ta klubga 209 mln dollar ajratgan edi. Xuddi shuncha mablag‘ Rossiyada bo‘lib o‘tgan 2018 yilgi jahon chempionatiga futbolchilarini qo‘yib yuborgan 416 ta klub o‘rtasida taqsimlandi. 2014 yilda Braziliyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati uchun to‘lovlar miqdori 70 million dollarni, klublarni qo‘llab-quvvatlash dasturi birinchi marta qo‘llangan 2010 yilda Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati uchun esa 40 million dollarni tashkil etgan.
2023 yilda FIFA va Yevropa klublari assotsiatsiyasi (YeKA) o‘rtasida yangilangan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi, natijada jamg‘armaning miqdori oshirildi. Ilgari kompensatsiya faqat futbolchilari jahon chempionatining final bosqichiga chiqqan jamoalarga to‘lanar edi. Endi mablag‘ni musobaqaning saralash o‘yinlariga futbolchilarni qo‘yib yuboradigan klublar ham olishi mumkin.
2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Turnirda ilk bor 48 ta terma jamoa qatnashadi. O‘zbekiston milliy jamoasi o‘z tarixida birinchi marta jahon chempionatida ishtirok etadi.
Mavzuga oid
22:55 / 01.12.2025
Superkompyuter O‘zbekistonning JCh-2026 g‘olibi bo‘lish imkoniyatiga baho berdi
19:49 / 30.11.2025
Superligada qolish uchun pley-off o‘yinlarida qatnashadigan jamoalar ma’lum bo‘ldi
23:03 / 27.11.2025
Portugaliya o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozondi
23:12 / 25.11.2025