Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda mast holda 23 nafar bolani tashigan DAMAS haydovchisi ushlandi
Uning haydovchilik guvohnomasi ham, avtomobilni boshqarish huquqi ham yo‘qligi aniqlandi.
Navoiy viloyatida Damas haydovchisi 23 nafar bog‘cha bolasini mast holatda tashib ketayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar berdi.
Hodisa 15 sentabr kuni Navoiy viloyatining Navbahor tumanida sodir bo‘lgan. Nazorat tadbirlari davomida to‘xtatilgan Damas avtomashinasi salonida 23 nafar bola va 2 nafar tarbiyachi borligi aniqlangan.
Fuqaro maxsus uskuna yordamida ko‘rikdan o‘tkazilgach, mast holatda ekani ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, uning haydovchilik guvohnomasi ham, avtomobilni boshqarish huquqi ham yo‘qligi aniqlangan.
«Bir kun oldin charchagan edim, shuning uchun pivo ichgan edim», dedi haydovchi.
Unga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rilgan holda transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
20:05 / 11.06.2026
Bolaga avtomobilni boshqarishga ruxsat berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026