Jamiyat | 19:00 / 17.09.2025
2948
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

UZTELECOM yuqori ESG reytingiga ega kompaniyalar qatoriga kirdi

Sustainable Fitch (Barselona) “O‘zbektelekom” AKga ESG reytingini 73 ball bilan berdi, bu Markaziy Osiyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Bu baho kompaniyaning ekologik va ijtimoiy omillar bo‘yicha faoliyati hamda korporativ boshqaruvdagi yuqori profili uchun berildi.

Foto: Uztelecom

Jahon miqyosida bu e’tirof “O‘zbektelekom” AKning ilg‘or energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, ekologiyani asrash, butun mamlakat uchun ijtimoiy ahamiyatli loyihalarni amalga oshirish va korporativ boshqaruv hamda hisobot tizimlarini takomillashtirishdagi izchil harakatlarini ko‘rsatadi (ESG):

-       energiya tejamkor uskunalarni joriy etish va tarmoqlarni modernizatsiya qilish; biznes jarayonlarni raqamlashtirish va qog‘oz hujjat aylanishini qisqartirish; kompaniyaning uglerod izini kamaytirish bo‘yicha loyihalar.

-       chekka hududlarda aloqa imkoniyatini kengaytirish, raqamli tafovutni qisqartirish; xodimlar uchun ta’lim va malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish; inklyuzivlik va teng imkoniyatlar tamoyillarini qo‘llab-quvvatlash.

-       shaffof korporativ boshqaruv tizimi va muntazam hisobot; xalqaro nazorat va hisobdorlik standartlarini joriy etish; kompaniya, mijozlar va hamkorlar o‘rtasida ishonchni mustahkamlash.

 «Kompaniya O‘zbekistonni raqamlashtirishda muhim rol o‘ynaydi: “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlaydi va mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shadi. “O‘zbektelekom” AK davlat ishtirokidagi kompaniya hisoblanadi. U milliy optik tolali infratuzilmani boshqaradi, 286 583 km dan ortiq optik liniyalarga ega va butun O‘zbekiston bo‘yicha 5G qamrovini ta’minlagan – bu esa MDHda birinchi bo‘lib 5G milliy darajada joriy etilganini anglatadi.

Biz “O‘zbektelekom” AKning O‘zbekistonda mobil va statsionar tarmoqlarni ishga tushirish, xizmatlarni modernizatsiya qilish va raqamli texnologiyalarni joriy etish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadik. Kompaniyaning mis simlardan optik tolaga o‘tishi ijobiy qadam deb baholanadi: bugungi kunda (2025 yil holatiga ko‘ra) keng polosali tarmoqning 85 foizidan ortig‘i optik tolaga asoslangan», - deyiladi Sustainable Fitch'ning rasmiy bayonotida.

Yuqori ESG reytingi kompaniyaga keng imkoniyatlar yaratadi: xalqaro investorlar va hamkorlar ishonchini mustahkamlash, “yashil” va barqaror moliyaviy vositalardan foydalanish, shuningdek, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga qo‘shilgan hissasini e’tirof etish.

Bu yuksak baho nafaqat “O‘zbektelekom” AK, balki xalqaro moliyaviy-ishbilarmonlik muhiti uchun ham muhim ko‘rsatkichdir. U yurtimizning global standartlarga muvofiq barqaror kelajakka intilayotganini va O‘zbekistonning investitsiyalar uchun jozibadorligini ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun: Sustainable Fitch – dunyodagi yirik reyting agentliklaridan biri bo‘lgan Fitch Ratings'ning maxsus bo‘linmasi. U kompaniyalarni uch yo‘nalishda baholaydi: Ekologiya (E) – karbon chiqindilarini boshqarish, energiyadan oqilona foydalanish va resurslardan samarali foydalanish; Ijtimoiy soha (S) – xodimlar huquqlarini himoya qilish va inson kapitalini rivojlantirish; Boshqaruv (G) – shaffoflik, hisobdorlik va samarali menejmentni ta’minlash.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid