Sport | 21:38 / 20.09.2025
1805
1 daqiqa o‘qiladi

“Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari boshlandi

Joriy yilda “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun ham tashkil etiladi.

Foto: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida oliy va kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalarini qamrab oluvchi “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalariga rasmiy start berildi.

Qayd etilishicha, 2024 yilgi mavsum doirasida (sentabr–dekabr) oliy ta’lim muassasalari talabalarining 442 ming nafardan ortig‘i 5 ta sport turi (mini futbol, voleybol, stritbol, yengil atletika, stol tennisi) bo‘yicha 4 bosqichli musobaqalarda ishtirok etdi.

Shuningdek, joriy yilda “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari voleybol, yengil atletika, shashka, shaxmat va stol tennisi turlarida kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun ham 3 bosqichli musobaqalar tashkil etiladi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida esa mini futbol, voleybol, stritbol, yengil atletika va stol tennisi bo‘yicha 4 bosqichli musobaqalar o‘tkaziladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid