Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda mushukni qiynagan xitoylik 5 sutkaga qamaldi
U mushuk ustiga qaynoq suv quyib azoblagan. Endi hayvonlarni himoya qilish jamiyati uni O‘zbekistondan deportatsiya qilinishiga erishmoqchi.
Toshkent shahrida mushuk ustiga qaynoq suv quyib azoblagan xitoylik erkak 5 sutkaga qamaldi. Bu haqda «Mehr va Oqibat» hayvonlarni himoya qilish jamiyati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, jamiyat telefon raqamiga ayol kishi murojaat qilib, qo‘shnisi – xitoylik erkak mushuk ustiga bir necha marta qaynoq suv quyib, idishda ushlab turganini va tashqariga chiqishiga yo‘l qo‘ymaganini ko‘rganini aytgan.
«Mehr va Oqibat» jamiyati erkakni javobgarlikka tortish va uni O‘zbekistondan deportatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqish talabi bilan IIV, TIV va Xitoy elchixonasiga murojaat qilgan.
18 sentabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy sudi hayvonga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish holati bo‘yicha ishni ko‘rib chiqib, erkakka 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan. Shuningdek, 20 sentabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri sudi xitoylikning apellyatsiyasini ko‘rib chiqib, jazo turini jarimaga o‘zgartirish to‘g‘risidagi shikoyatni qanoatlantirishni rad etgan va ma’muriy qamoq haqidagi hukmni o‘zgarishsiz qoldirgan.
Ta’kidlanishicha, «Mehr va Oqibat» jamiyati endi xitoylik erkakni O‘zbekistondan chiqarib yuborilishi uchun harakat qiladi.
Mavzuga oid
16:28
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026