Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Blackrock investitsiya kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi
O‘zbekiston rahbari kompaniya katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesi bilan strategik sheriklikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga amaliy tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida Blackrock investitsiya kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi va katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesi bilan uchrashdi.
Blackrock – Amerikaning aktivlar va fondlarni boshqarish, shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan yirik investitsiya kompaniyasi. Kompaniya aktivlari 11 trillion AQSh dollaridan oshadi.
AQSh yetakchi kompaniyasi bilan strategik sheriklikni, eng avvalo, energetika, transport va suv infratuzilmasini rivojlantirish sohalarida yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Qo‘shma fond tashkil etish rejalari qo‘llab-quvvatlandi. Tez fursatda Platforma konsepsiyasi kelishiladi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish boshlanadi.

Mavzuga oid
13:34 / 03.07.2026
Tbilisida O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
12:25 / 03.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gruziya qahramonlari yodgorligiga gulchambar qo‘ydi
22:03 / 02.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gurjistonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi
21:12 / 02.07.2026