Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro valuta jamg‘armasi rahbari bilan uchrashdi
Uchrashuv davomida pul-kredit va fiskal siyosatni rivojlantirish, statistika tizimini transformatsiya qilish bo‘yicha jamg‘armaning ekspertlik ko‘magini davom ettirish, shuningdek, iqtisodiy idoralar xodimlari uchun o‘quv dasturlarini kengaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 sentabr kuni Nyu-York shahrida Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva bilan uchrashdi.
Nufuzli global tuzilma bilan sheriklikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. XVJ rahbari Kristalina Georgiyeva Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangilanishlarga yuksak baho berib, ortga qaytmas islohotlarni qat’iy qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Jamg‘arma bilan makroiqtisodiy siyosat, budjet va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish sohalarida samarali hamkorlik qilinayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ta’kidlanishicha, o‘zbekistonlik mutaxassislar XVJ markazlarida muntazam ravishda malaka oshirish dasturlaridan o‘tmoqda. Joriy yilda moliya sohasining barqarorligi birgalikda baholandi va «yo‘l xaritasi» qabul qilindi.
Uchrashuv davomida pul-kredit va fiskal siyosatni rivojlantirish, statistika tizimini transformatsiya qilish bo‘yicha jamg‘armaning ekspertlik ko‘magini davom ettirish, shuningdek, iqtisodiy idoralar xodimlari uchun o‘quv dasturlarini kengaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Mavzuga oid
09:18 / 19.11.2025
O‘zbekistonda inflatsiyani yangi uslubda hisoblashga o‘tiladi
11:06 / 30.10.2025
Peter Pellegrini Samarqandga amaliy tashrif bilan yetib keldi
08:48 / 30.10.2025
Shavkat Mirziyoyev YuNeSKO 43-sessiyasining ochilishida qatnashadi
20:04 / 29.10.2025