Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 6-o‘ringa tushdi
23 sentabrda Toshkent havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha dunyoning yirik shaharlari orasida 6-o‘rinni egallab turibdi.
IQAir portaliga ko‘ra, soat 10:00 da Toshkent havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 146 mkg/m3 ni tashkil etgan – bu “zararli” tasnifdagi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Reytingda 1-o‘rinni Pokistonning Lahor shahri egallagan — PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 169 mkg/m3. Kongoning Kinshasasi 2-pog‘onada — 165 mkg/m3. Ugandaning Kampala shahri uchinchi o‘rinda — 160 mkg/m3
Reytingdagi o‘ntalikdan, shuningdek, Dubay (BAA), Bishkek (Qirg‘iziston), Jakarta (Indoneziya), Dehli (Hindiston), Boku (Ozarboyjon) va Batam (Indoneziya) o‘rin egallagan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, havo ifloslanishi ko‘rsatkichlari orasida salomatlik uchun eng katta xavf tug‘diradigani aynan PM2,5 dispers zarralaridir.
Mavzuga oid
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026