O‘zbekiston | 14:17 / 24.09.2025
2019
1 daqiqa o‘qiladi

Soliq huquqbuzarligi haqida xabar berganlarga 21 mlrd so‘m mukofot to‘landi

Chek berilmagan yoki boshqa soliq huquqbuzarliklari bo‘yicha murojaatlarni “Soliq” mobil ilovasidagi “Soliq hamkor” bo‘limi orqali yuborish mumkin.

Foto: Soliq qo‘mitasi

2025 yilning yanvar–avgust oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali 73 309 ta murojaat kelib tushgan

Shundan:

🔵66 198 ta xarid cheki bermaslik,
🔵 2 658 ta to‘lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik,
🔵 169 ta kartada to‘lovda summani sun’iy oshirish,
🔵 4 284 ta  boshqa turdagi qonunbuzilish holatlari.

Huquqbuzarlik haqida xabar bergan fuqarolarga 29 578 ta holat bo‘yicha jami 21,3 mlrd so‘m (jarima summasining 20 foizi) mukofot to‘langan.

Chek berilmagan yoki boshqa soliq huquqbuzarliklari bo‘yicha murojaatlarni “Soliq” mobil ilovasidagi “Soliq hamkor” bo‘limi orqali yuborish mumkin.