O‘zbekiston | 19:00 / 24.09.2025
3358
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Pepsi Music Fest 2025 muvaffaqiyatli yakunlandi

19-21 sentabr kunlari Toshkentda mamlakat madaniy hayotida yorqin iz qoldirgan yilning eng yirik musiqiy tadbirlaridan biri - Pepsi Music Fest 2025 bo‘lib o‘tdi.

Central Asian Expo Uzbekistan maydonida uch kun davomida festival 165 mingdan ortiq tomoshabinni to‘plab, avlodlarni musiqa orqali birlashtirdi. Shu kunlarda bir sahnada jahon yulduzlari va mahalliy san’atkorlar chiqish qildi. Xedlaynerlar yangi avlod reperi Big Baby Tape va Qozog‘istonning "Irina Kayratovna" guruhi bo‘ldi. Shuningdek, dunyoning eng mohir barabanchilaridan biri - Tim Ivanovning chiqishi katta qiziqish uyg‘otdi.

Pepsi Music Fest 2025 tarixiy voqeaga aylandi: O‘zbekistonda ilk bor Akon o‘zining mashhur qo‘shiqlari bilan ishtirok etdi. Jahon miqyosidagi afsonaviy san’atkor bilan birga tomoshabinlar butun dunyoni zabt etgan xitlarini birga kuyladilar.

O‘zbek xonandalari festivalga o‘zgacha joziba bag‘ishladi. Tohir Sodiqov, Konsta, Lola, King Macarella va MillyMallyMoe o‘zlarining yorqin chiqishlari bilan tomoshabinlarni xursand qildi. Raqs zavqini DJ Frost va DJ Gera setlari ta’minladi.

Festival davomida ulkan yorug‘lik va lazer shousi o‘tkazilib, yakuniy mushakbozlik esa madaniy birlik ramziga aylandi.

Pepsi Music Fest nafaqat ko‘ngilochar tadbir, balki mamlakat musiqa sanoatini rivojlantirishga hissa qo‘shadigan madaniy platforma sifatida ham o‘z ahamiyatini tasdiqladi.

Festival yirik xalqaro brendlar jamiyatning madaniy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlayotganining yorqin namunasi bo‘ldi. Markaziy Osiyodagi eng yirik ichimlik ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan International Beverages Tashkent kompaniyasi ko‘p yillardan buyon sport va yoshlar tashabbuslariga sarmoya kiritib kelmoqda. Pepsi Music Fest uning mamlakat ijtimoiy hayotiga qo‘shgan hissasining yana bir isboti bo‘ldi.

Pepsi Music Fest 2025 musiqa chegaralar bilmasligini, Pepsi esa erkinlik, quvvat va yorqin taassurotlar ramzi bo‘lib qolishini isbotladi. Pepsi Music Fest xalqaro miqyosdagi tadbirga aylanib, madaniyat sohasini yanada yuksaltirdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid