Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA 2026 yilgi jahon chempionati talismanlarini taqdim etdi
Bug‘u, yaguar va oqbosh burgut «mundial» timsollari sifatida tanlandi.
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026 yilgi jahon chempionati talismanlarini namoyish etdi. Turnir Kanada, AQSh va Meksikada bo‘lib o‘tadi.
Har bir «maskot» mezbon mamlakatni anglatadi: Kanadani darvozabon bug‘u Meypl, Meksikani hujumchi yaguar Zayyu, AQShni himoyachi oqbosh burgut Klatch.



FIFA prezidenti Janni Infantinoning ta’kidlashicha, maskotlar «Futbol bo‘yicha jahon chempionati kabi quvonch, energiya va birdamlik ruhiga to‘la».
Allow us to officially introduce ourselves. #WeAre26 | #FIFAWorldCup
— FIFA World Cup (@FIFAWorldCup) September 25, 2025
Jahon chempionati 2026 yil 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Unda ilk bor 48 ta jamoa, jumladan O‘zbekiston milliy jamoasi ham ishtirok etadi.
Mavzuga oid
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
19:24 / 09.06.2026
O‘zbekiston va Senegal vakillari AQShda qattiq tekshiruvdan o‘tkazildi
10:10 / 09.06.2026
Jahon chempionati hakami AQShga kiritilmadi
19:11 / 08.06.2026