Jamiyat | 21:50 / 26.09.2025
11507
2 daqiqa o‘qiladi

Aktyor Sherqo‘zi G‘oziyev 75 yoshida vafot etdi

U «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Tangalik bolalar», «Temir xotin», «Temir erkak», «Oltin devor», «Sarvinoz 2», «Jiblajibon» kabi filmlarda suratga tushib, elga tanilgan.

O‘zbek san’atining aktyori, rejissyor, hajviy qo‘shiqlar va so‘z ustasi Sherqo‘zi G‘oziyev 75 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi Madaniyat vazirligi.

Sherqo‘zi G‘oziyev 1950 yilda Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani, Chirkay qishlog‘ida tavallud topgan. Toshkent politexnika institutining qurilish fakultetini tamomlagan. So‘ngra Toshkent madaniy oqartuv texnikumining rejissyorlik bo‘limida 3 yil o‘qigan.

1971 yilda Ostrovskiy nomli institutning aktyorlik bo‘limiga sirtdan o‘qishga kirib, 1976 yili muvaffaqiyatli tugatdi. 1970 yildan «Teleminiatyuralar teatri»da rollar ijro etishni boshladi. 1978 yildan O‘zbek davlat filarmoniyasida ishlay boshladi.

1990 yilda O‘zbekiston va Hindiston hamkorligida suratga olingan «Changalzor qiroli» filmida zootexnik rolini ijro etdi. Shuningdek, «Sherxon» studiyasini ochib, hindlar bilan hamkorlikda 2006 yilda «Sherxon traktorchi» kinokomediyasini, 2008 yilda «Yolg‘iz emassan» melodrama filmlarini tasvirga oldi.

Shuningdek, aktyor «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Tangalik bolalar», «Temir xotin», «Temir erkak», «Oltin devor», «Sarvinoz 2», «Jiblajibon» kabi filmlarda ham suratga tushgan.

Mavzuga oid