Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Iordaniya mis va uran qazib olish sohasida loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi
O‘zbekiston va Iordaniya mis, uran va muhim minerallar sohasida bir nechta loyihalarni amalga oshirishni rejalashtiryapti. Xususan, National Arab Mining Company bilan mis, nodir metallar va muhim minerallar sohasida memorandum imzolandi.
Foto: Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi
Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari Rustam Yusupov rahbarligidagi delegatsiya 16−22 sentabr kunlari Iordaniya poytaxti Amman shahrida xizmat safarida bo‘ldi, deya xabar berdi vazirlik axborot xizmati.
Muzokaralarda «Navoiyuran», O‘zbekiston texnologik metallar kombinati va Uzbek Overseas Geology Company vakillari ishtirok etgan.
Iordaniya Energetika va mineral resurslar vazirligi bilan muzokaralarda qo‘shma loyihalar, geologiya-qidiruv ishlarini samarali tashkil etish va hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Jordan Uranium Mining Company (JUMCO) kompaniyasi va «Navoiyuran» mutaxassislari uranga istiqbolli maydonlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Iordaniyaning National Arab Mining Company (NAMC) kompaniyasi bilan mis, nodir metallar hamda sanoat uchun muhim bo‘lgan minerallar sohasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatish maqsadida tegishli yo‘l xaritasi va memorandum imzolandi.
Ikki mamlakat vazirliklari va Iordaniyaning NAMC, JUMCO kompaniyalari ishtirokida qo‘shma ishchi guruh tuzildi. Shuningdek, uran, muhim va rangli metallarga oid istiqbolli maydonlar bo‘yicha birlamchi geologik ma’lumotlar olindi hamda ularni chuqur o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
14:34 / 16.03.2026
Olmaliqda 3-mis boyitish fabrikasi ishga tushirildi
12:53 / 10.03.2026
Eron Iordaniyadagi bundesver dala lageriga yana hujum qildi
10:06 / 09.03.2026
O‘zbekiston Mo‘g‘ulistonning istiqbolli uran konlarini o‘rganadi
20:56 / 06.03.2026