Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qidiruvda bo‘lgan uch nafar o‘zbekistonlik Turkiyada qo‘lga olindi
Ularning bir nafari firibgarlik, ikki nafari soliq yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik va bojxona qonunchiligini buzish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan.
Jinoyat sodir etgan va qidiruvda bo‘lgan 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada ushlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan kompleks tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan Sh.M. O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.
Ushbu shaxsning harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga, shuningdek Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga murojaat qilish so‘raladi.
Shuningdek, soliq yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagan va bojxona qonunchiligini buzish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan 2 nafar shaxs (X.B. va S.X.) ham qo‘lga olinib, O‘zbekiston tergov organlariga topshirilgan.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
20:25 / 10.06.2026