Avto | 19:00 / 29.09.2025
5137
4 daqiqa o‘qiladi

Jetour Uzbekistan: bozordagi ilk yil va katta rejalar

O‘zbekistondagi avtomobil bozorida faqat bir yil ichida o‘zini mustahkam o‘rnatgan Jetour brendi bayramona kayfiyatda. Yangi mijozlar uchun sovg‘alar, Abu-Dabidagi maxsus tadbirga yo‘llanma va referal dastur - Jetour mijozlariga katta imkoniyatlar taqdim etmoqda.

Foto: Jetour

Bundan bir yil muqaddam O‘zbekistonda yangi xalqaro avto brendi — Jetour rasman o‘z faoliyatini boshladi. Yosh, jo‘shqin va ambitsioz brend sifatida Jetour mamlakatdagi avtomobil bozorida o‘z o‘rnini topib, mijozlar e’tiborini qozondi.

Bir yil ichida Jetour o‘z auditoriyasini kengaytirib, minglab avtomobillarni O‘zbekiston yo‘llariga chiqardi. O‘tgan davr mobaynida brend bir qator test-drayvlar, aksiyalar va tadbirlar orqali minglab odamlarga o‘z mahsulotlarini yaqindan namoyish etdi.

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, Jetour uchun bu yil faqat avtomobil sotish emas, balki mijozlar bilan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yili bo‘ldi: «Biz faqat xaridor emas, balki bir xil qarashlarga ega hamfikrlarni ham topdik. Jetour falsafasi – yorqin yashash tarzi, faol bo‘lish va yangi joylarni kashf etishga intilishdir», — deydi brend rahbariyati.

Rasmiy distribyutorlik va keng dilerlik tarmog‘i

Foto: Jetour

O‘zbekistonda Jetour yagona rasmiy distribyutor orqali taqdim etiladi. Bu esa har bir mijozga zavod kafolati, sifatli servis va shaffof xarid shartlarini ta’minlaydi.

Hozirgi kunda brendning dilerlik markazlari mamlakatning asosiy shaharlarida faoliyat ko‘rsatmoqda:

Bu markazlar nafaqat sotuv nuqtalari, balki brend muhitini his qilish va mashinalarni shaxsan sinab ko‘rish imkonini beradigan maskanlardir.

Modellar qatori: uslub, qulaylik va texnologiyalar

Foto: Jetour

Jetour O‘zbekiston bozoriga turli ehtiyojlar uchun mos keladigan avtomobillar bilan kirib keldi:

  • X70 — oilaviy, keng va ishonchli krossover.
  • X50 — shahar uchun kompakt va zamonaviy SUV.
  • Dashing — yorqin va dinamik krossover, diqqat markazida bo‘lishni xohlovchilar uchun.
  • T2 — premium qulaylik va har qanday yo‘lga tayyor yo‘ltanlama.

Har bir model zamonaviy dizayn, funksionallik va texnologik yangiliklarni o‘z ichiga olgan. Kompaniya dilerlik tarmog‘ini yanada kengaytirish va yangi modellarni bozorga chiqarish rejasini e’lon qildi. Bu modellar mijozlar va ularning oilalari ehtiyojlarini to‘liq qondirishga mo‘ljallangan.

Yangi tanlov va sovg‘alar

Foto: Jetour

Bir yillik bayram munosabati bilan Jetour mijozlariga maxsus sovg‘alar va imkoniyatlar taqdim etmoqda:

  • Yangi mijozlar brend logotipli merch va Abu-Dabidagi eksklyuziv tadbirga taklifnoma olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
  • Amaldagi mijozlar uchun referal dastur ishlamoqda — do‘stingizni xaridga chorlasangiz, tanlovda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
  • Jetour egalari klubida doimiy ravishda turli tanlovlar va aksiyalar o‘tkaziladi.

Jetour avtomobili egasi bo‘lish va rasmiy dilerlik markazlaridan biriga murojaat qilish — jamoaga qo‘shilishning eng oson yo‘li.

Jetour — sayohat va harakat erkinligi uchun!

Reklama huquqi asosida

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid