O‘zbekiston | 19:00 / 30.09.2025
1718
2 daqiqa o‘qiladi

SIBOS 2025: Octobank raqamli yechimlariga xalqaro banklar qiziqish bildirmoqda

2025 yil 29 sentabrda Frankfurtda moliya, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi eng yirik jahon forumlaridan biri - SIBOS 2025 boshlandi, unda Octobank eksponent maqomida ishtirok etmoqda.

Foto: Octobank

Frankfurt Main Finance ma’lumotlariga ko‘ra, bu yilgi tadbirda butun dunyodan 11000 dan ortiq ishtirokchi va 200 ga yaqin eksponent kompaniyalarni, jumladan, global banklar, fintex, regulyator va investorlarni jamladi.

Forumda Octobank dunyoning yetakchi moliyaviy tashkilotlari bilan faol aloqalar o‘rnatmoqda. Xalqaro ishtirokchilar bilan hamkorlikni kengaytirish va tajriba almashishga intilib, O‘zbekistonda muvaffaqiyatli qo‘llanayotgan va moliya bozori uchun salohiyatni ko‘rsatayotgan texnologik ishlanmalarni namoyish etmoqda.

Forumning birinchi kunida NASDAQ (AQSh), Ghazanfan Bank (Eron), Banco De Comercio e Industria (Peru), Misyon Bank (Turkiya), The Taray (Meksika) va Arab African International Bank (Misr) kabi tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bankning ishtirok dasturi doirasida — Mashreq Bank (BAA), Aktif Bank (Turkiya), Landesbank Baden-Württemberg (Germaniya), HDFC Bank (Hindiston), VakıfBank (Turkiya), Chainlink Labs (AQSh) va boshqa asosiy ishtirokchilar bilan muzokaralar ham o‘rin olgan.

SIBOS doirasidagi ochiq muloqot qo‘shma loyihalar va innovatsion yechimlarni joriy etish imkoniyatlarini ochib, Octobankʼning xalqaro maydondagi texnologik va ishonchli hamkor sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi.

Forum 2 oktyabrgacha davom etadi va raqamli to‘lovlar, sun’iy intellekt, barqaror rivojlanish, bank sohasining transformatsiyasi va kiberxavfsizlikka bag‘ishlangan 500 dan ortiq sessiyalarni o‘z ichiga oladi.

Qo‘shimcha ma’lumot octobank.uz saytida.

 
Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid