Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalarga nisbatan Internetdan foydalanib uyatsiz harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisida “Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.
Muhokamada senatorlar, mas’ul vazirlik va idoralar vakillari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatlari va Yoshlar parlamenti a’zolari ishtirok etdi.
Ushbu Qonun bilan Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda bolalarga nisbatan Internet tarmog‘idan foydalanib uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishning bir kun mobaynidagi umumiy davomiyligini hamda ularni so‘roq qilish jarayonida qonuniy vakillarning ishtirok etishi tartibini belgilovchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Mavzuga oid
17:51 / 09.07.2026
Zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga boshpana muddati 30 kundan 6 oygacha uzaytiriladi
17:37 / 09.07.2026
Bolaga zo‘ravonlik qilgan tarbiyachiga bog‘chada ishlash 1 yilga taqiqlanishi mumkin
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026