Sport | 21:35 / 03.10.2025
10435
2 daqiqa o‘qiladi

Ramazon Temirov bir yilga diskvalifikatsiya qilindi

U UFC antidoping siyosati qoidalarini buzgani uchun jazolangan.

FOTO: Getty Images

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirovning diskvalifikatsiyasi muddati rasman e’lon qilindi. Bu haqda Combat Spors Anti-Doping (CSAD) tashkiloti xabar bermoqda.

Temirovda taqiqlangan trimetazidin (TMZ) — preparati aniqlangan edi. Ushbu modda yurak yetishmovchiligi va boshqa yurak kasalliklarida qo‘llaniladigan, taqiqlangan UFC ADP ro‘yxatidagi gormonal va metabolik modulyatorlar sinfiga kiradi. trimetazidindan har qanday vaqtda ham qo‘llanishi taqiqlangan.

Taqiqlangan modda mavjud bo‘lgan namuna Temirovdan 2025 yil 12 iyun kuni Tailandning Pxuket shahridagi musobaqadan tashqari davrda, keyin esa 2025 yil 4 iyulda aynan Pxuketda qayta olingan. Temirov birinchi testi natijasi musbat chiqqani haqida xabardor qilinmagani sababli, ikkala holat ham yagona qoidabuzarlik sifatida ko‘riladi.

CSAD bu mavzuda Temirov bilan atroflicha suhbatlashgan va u trimetazidindan foydalanish faktini ochiqchasiga tan olgan.

U bu moddani shifokor ko‘rsatmasi bilan qabul qilganini aytgan. Shu bilan birga, u qo‘llashdan oldin preparatning holatini tekshirmagan va uni tayinlagan shifokorga testdan o‘tgan sportchi ekanini aytmagan.

Ma’lumot uchun, Ramazon Temirov hozirgacha UFC’​​da ikki bor jang o‘tkazib, har ikkisida ham g‘alaba qozongan.

Mavzuga oid