Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yilning eng ishonchli va ishonchsiz avtomobillari aniqlandi
Ekspertlar 32 mingdan ortiq turli rusumdagi avtomobil egalari o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi, ular so‘nggi 24 oy ichida o‘z transport vositalarida qanday nosozliklar yuzaga kelganini aytib berdi.
Ishonchlilik ko‘plab haydovchilar uchun avtomobil tanlashda eng muhim mezonlardan biri bo‘lib qolmoqda. Shunga qaramay, barcha zamonaviy modellar ham yuz minglab kilometr masofani jiddiy buzilishlarsiz bosib o‘tishga qodir emas.
WhatCar portali mashhur segmentlarda 2025 yilning eng ishonchli va eng ishonchsiz avtomobillarini aniqladi. Buning uchun ekspertlar 32 mingdan ortiq turli rusumdagi avtomobil egalari o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi, ular so‘nggi 24 oy ichida o‘z transport vositalarida qanday nosozliklar yuzaga kelganini aytib berdi. Natijada, kichik reyting paydo bo‘ldi.
2025 yilning eng ishonchli avtomobillari:
- ixcham avtomobil - Hyundai i10
- oilaviy avtomobil - Kia Ceed
- biznes-klass avtomobili - Alfa Romeo Giulia
- ixcham krossover - Kia EV3
- oilaviy krossover - Vauxhall/Opel Grandland (benzin dvigatelli)
- premium avtomobil - Lexus RX
- yetti o‘rindiqli avtomobil - Hyundai Santa Fe
- elektromobil - BMW i3
- elektrokrossover - Kia EV3
- sportkar - Toyota GR Yaris
2025 yilning eng ishonchsiz avtomobillari:
- ixcham avtomobil - Renault Zoe
- oilaviy avtomobil - Hyundai Ioniq Electric
- biznes-klass avtomobil - Mercedes-Benz C-Class
- ixcham krossover - Nissan Juke (benzin dvigatelli)
- oilaviy krossover - Volkswagen Tiguan
- premium avtomobil - Audi Q7
- yetti o‘rindiqli avtomobil - Audi Q7
- elektromobil - Hyundai Ioniq Electric
- elektrokrossover - Volkswagen ID.4
- sport avtomobili - Porsche Taycan
Mavzuga oid
16:46 / 17.02.2026
Elektromobil egalari mashinasini quvvatlashda subsidiya oladi
18:28 / 03.02.2026
Xitoy xavfsizlik nuqtayi nazaridan barcha elektromobillarda «yashirin» eshik tutqichni taqiqladi
15:49 / 07.01.2026
Yengil avtomobil importida elektromobillar ulushi 70 foizdan oshdi
13:58 / 03.01.2026