Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston milliy jamoasi xalqaro turnirda Misr bilan o‘ynaydi – OAV
Noyabr oyidagi o‘rtoqlik turnirida O‘zbekiston, Eron, Kabo-Verde va Misr terma jamoalari ishtirok etishi ta’kidlanmoqda.
Foto: Getty images
Misr futbol assotsiatsiyasi 2025 yil dekabr oyida Marokashda bo‘lib o‘tadigan Afrika Millatlar Kubogiga tayyorgarlik doirasida Misr terma jamoasining xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etishi bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Bu haqda Misrning Shorouk News nashri xabar berdi.
Qayd qilinishicha, o‘rtoqlik turnirida O‘zbekiston, Eron, Kabo-Verde va Misr terma jamoalari ishtirok etadi. Misr terma jamoasi O‘zbekiston bilan o‘ynaydi, g‘alaba qozongan taqdirda esa Eron - Kabo-Verde o‘yini g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
Xabarda turnirning qayerda o‘tkazilishi va sanasi haqida ma’lumot berilmagan. Shuningdek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ham bu haqda hali xabar bermadi.
O‘zbekiston milliy jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati yo‘llanmasini allaqachon qo‘lga kiritgan. Misr milliy jamoasi bunga juda yaqin turibdi, «fir’avnlar» saralash musobaqasining qolgan 2 o‘yinida 1 ochko jamg‘arishi kifoya.
O‘zbekiston va Misr milliy jamoalari tarixda o‘zaro to‘qnash kelmagan.
Mavzuga oid
23:05 / 08.11.2025
Fabio Kannavaro milliy jamoaning xalqaro turnirda ishtirok etadigan tarkibini e’lon qildi
22:46 / 06.11.2025
Misrning sobiq turizm vaziri YuNeSKO yangi bosh direktori bo‘ldi
15:45 / 04.11.2025
Giza piramidalari yonida Katta Misr muzeyi ochildi – fotosuratlar
07:30 / 03.11.2025