Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA jahon chempionatlarini yozda o‘tkazishdan voz kechish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
FIFA prezidentining ta’kidlashicha, masala «allaqachon muhokama qilinmoqda» va bosh tashkilot «hamma bilan doim maslahatlashmoqda».
Foto: AFP/Getty Images
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino futbol jamoatchiligini jahon chempionati o‘yinlari jadvalidagi o‘zgarishlarga «ochiqroq» bo‘lishga chaqirdi. Uning qayd etishicha, tashkilot jahon chempionatlarini yozda o‘tkazish an’anasidan voz kechishi mumkin.
«Agar siz jahon chempionati qayerda o‘tkazilishidan qat’i nazar, bir xil vaqtda o‘ynashni istasangiz, mart yoki oktyabr oylarini ko‘rib chiqish mumkin. Dunyoning ba’zi joylarida dekabr oyida o‘ynalmaydi. Boshqalarida - iyulda. Hatto Yevropaning ayrim hududlarida iyul oyida juda-juda issiq», dedi Infantino Yevropa klublari assotsiatsiyasi (EFC) bosh assambleyasida.
FIFA prezidentining ta’kidlashicha, masala «allaqachon muhokama qilinmoqda» va bosh tashkilot «hamma bilan doim maslahatlashmoqda».
«Bu ma’lum bir jahon chempionatiga emas, balki butun turnirga tegishli», deb xulosa qildi Janni Infantino.
FIFA xalqaro taqvimining joriy versiyasi 2030 yilgacha amal qiladi. 2022 yilda jahon chempionati ilk bor an’anaviy yozgi tanaffusda emas, noyabr-dekabr oylarida o‘tkazildi. Bunga turnir mezboni Qatardagi ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan. Katta ehtimol bilan, xuddi shunday qaror Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan JCh-2034 musobaqasiga nisbatan ham qabul qilinadi. The Athletic xabariga ko‘ra, musobaqa Ramazon munosabati bilan hatto 2035 yil yanvariga qoldirilishi mumkin. Bunday holda, jahon chempionati birinchi marta toq yilda o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
23:03 / 27.11.2025
Portugaliya o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozondi
23:12 / 25.11.2025
O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2026 qur’asida uchinchi savatdan joy oldi
22:28 / 19.11.2025
O‘zbekiston FIFA reytingida 5 pog‘ona yuqoriladi
22:43 / 08.11.2025