Sport | 19:59 / 09.10.2025
11745
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Kannavaroning ilk o‘yinida Kuvaytni mag‘lub etdi

Eldor Shomurodov va Hojimat Erkinov gollari 2:0 hisobidagi g‘alabani keltirdi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentdagi «Olimpiya» stadionida Kuvayt milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.

9 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan bahs yangi bosh murabbiy Fabio Kannavaro uchun birinchisi bo‘ldi.

O‘zbekiston Eldor Shomurodov va Hojimat Erkinov gollari evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yin yirik hisobda yakunlanishi mumkin edi, biroq ikkinchi taymda Otabek Shukurov penaltini aniq amalga oshirolmadi.

O‘zbekiston milliy jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini 13 oktyabr kuni Urugvayga qarshi o‘tkazadi. Bahs Malayziyada bo‘lib o‘tadi.

O‘rtoqlik o‘yini
9 oktyabr, Toshkent, «Olimpiya» stadioni

O‘zbekiston 2:0 Kuvayt

Gollar: Eldor Shomurodov (10), Hojimat Erkinov (19)

Amalga oshirilmagan penalti: Otabek Shukurov (64, darvozabon)

O‘zbekiston: Abduvohid Ne’matov, Muhammadqodir Hamraliyev, Hojiakbar Alijonov (Oston O‘runov 86), Rustam Ashurmatov, Akmal Mozgovoy (Abdurauf Bo‘riyev 86), Otabek Shukurov (Azizjon G‘aniyev 69), Sherzod Nasrullayev, Eldor Shomurodov (Igor Sergeyev 69), Hojimat Erkinov, Abbosbek Fayzullayev (Azizbek Turg‘unboyev 22), Alibek Davronov (Umarbek Eshmurodov 69)

Mavzuga oid